Shnobel mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mark Abraxams - mukofot asoschisi

Shnobel (Ignobel[1], Antinobel[1]) mukofoti (inglizcha: Ig Nobel Prize, so'z o'yinlaridan:inglizcha: ignoble - "sharmandali") - nufuzli xalqaro mukofot - Nobel mukofotining parodiyasidir. Shnobel mukofoti 1991-yildan beri har yili ilmiy tadqiqotlarda g’alati yoxud ahamiyatsiz kashfiyot qilganlarga hazil tariqasida beriladi. O'nta Shnobel mukofoti oktabr oyining boshida, ya'ni haqiqiy Nobel mukofoti laureatlari nomi e'lon qilingan vaqtda "avval sizni kuldiradigan, keyin o'ylashga undaydigan yutuqlar uchun" beriladi (inglizcha: first make people laugh, and then make them think ). Mukofot 1991-yilda Mark Abrahams va Annals of Incredible Research hazil jurnali tomonidan ta'sis etilgan. Ig Nobel mukofoti odamlarning ilm-fan, tibbiyot va texnologiyaga qiziqishini uyg'otish uchun g'ayrioddiy va aqlli tadqiqotlar uchun beriladi.[manba kerak]. 2020-yil uchun mukofot miqdori 10 trillion Zimbabve dollarini (taxminan 10 AQSh dollari) tashkil etdi[2].

Mediada shakllantirilgan tasavvurga ko‘ra, ushbu mukofot o‘xshamagan, ahmoqona, bachkana tadqiqotlarga beriladi. Mukofotlangan tadqiqotlar mazmunini o‘qisangiz, rostdan kulgingiz qistaydi. Lekin aslida bu yanglish tasavvurdir.

Umumiy maʻlumot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Garvard universiteti

Shnobel mukofotlari 1991-yildan beri berilib kelinmoqda. Birinchi taqdirlash marosimi Massachusets texnologiya institutida bo'lib o'tgan. Hozirga kelib esa Garvard universitetida Stokgolmdagi Nobel mukofotini topshirish marosimi arafasida sodir bo'lmoqda. Mukofotlarni haqiqiy Nobel laureatlari topshiradilar.

Shnobel mukofoti 1991-yilda “Imkonsiz tadqiqotlar yilnomasi” muharriri va asoschilaridan biri Mark Abraham tomonidan joriy qilingan. Mukofot dastlab “qilib bo’lmaydigan, imkonsiz yoxud kashf qilib bo’lmaydigan” topilmalarga berila boshlagan. 10 ta mukofot har yili Nobelning 5ta – fizika, kimyo, psixologiya/tibbiyot, adabiyot va tinchlik yo’nalishlari bilan birga jamiyat sog’ligi, muhandislik, biologiya va fanlararo tadqiqotlar yo’nalishlarida berib boriladi. Shnobel mukofoti haqiqiy mukofot sifatida qaraladi, faqatgina 3 ta hayoliy olimlar – Josia Karberri, Paul de Fanti va Tomas Kayllargagina mukofot asliga ega chiqishmaydi.

Mukofot ba’zan hazil bilan birga tanqidiy uslubda ham beriladi, bunga misol tariqasida, Kanzas shtati ta’lim departamentiga “tabiiy fanlar”dagi gomeopatiya tadqiqoti uchun va Kolorado shtati ta’lim departamentiga o’qish evolyutsiyasidagi pozitsiyasi uchun beriladi. Ko’pincha ular kulgili yoxud kutilmagan ta’sirlarga olib kelgan ilmiy maqolalarga e’tibor berishadi.

Misollar: insoniyatning rivoji natijasida ularning tuyaqushlar jinsiga yaqinlashishi, qora tuynuklarning jahannamga aylana olishi uchun barcha texnik talablar bajarilgani, “besh soniya qonuni” ya’niki tilingizdan to’kilgan ovqatni poldan 5 soniya ichida yalab olinsangiz u ifloslanishga ulgurmaydi.

Shnobel mukofotining asosiy maqsadi akademiyaga ozgina yumor qoʻshib, ilm-fanga qiziqish uyg‘otishdir. Mukofot sharlatanlarga emas, aniq tadqiqotlarga beriladi, faqat qiziqarli, kulgili nom va mavzular tanlab olinadi. Mukofotlangan maqolani ochib ko‘rsangiz, ichida jiddiy narsalarni o‘qiysiz.

Odatda mukofotlangan olimlarning o‘zlari tadbirga kelib, premiyani qabul qilib oladi. Ko‘pchilik yumorni to‘g‘ri qabul qiladi va bu fanni ommalashtirishga, olimlarni tanitishga xizmat qilida deb hisoblaydi. 1995-yilda Britaniya hukumati vakillari Shnobel tashkilotchilaridan britaniyalik olimlarni ortiq mukofotlamaslikni so‘ragan edi, negaki mediadagi noto‘g‘ri talqin tufayli "britaniyalik olimlar" degan mem shakllanib qolgan, bu davlat olimlari faqat bo‘lmag‘ur narsalar bilan shug‘ullanadi, degan tasavvur hosil bo‘lgandi. Ammo britaniyalik olimlarning o‘zi bu talabga qarshi chiqqandi.

Shnobel mukofotini olganlar ichida Nobel sovrindorlari ham bor hatto. 2000-yilda qurbaqani magnetism yordamida havoda muallaq ko’targan odam Ser Andre Jeym 2010-yilda o’zining “grafindagi elektromagnetik xususiyatlar” ishi uchun nobel mukofotini olgan. 2021-yilga qadar u ham Nobel, ham Shnobel mukofotini olgan yagona shaxs bo’lib turibdi.

Ayni paytda, Shnobel mukofoti tanqid ma’nosida ham berilishi mumkin. Aytaylik, ilm-fanga zid mavzularda tadqiqotlar olib borilgan bo‘lsa (kreatsionizm, gomeopatiya va h.k.), o‘shanday tadqiqotlar ustidan kulish uchun mukofot topshirilishi mumkin. Bu ancha qiziq tashabbus, ammo ko‘pincha boshqacha tushuniladi.

Masalan 2021-yilda iqtisodiyot bo‘yicha Shnobel olgan bir tadqiqotning O‘zbekistonga aloqasi bor.

Kulgili eshitilgani bilan, aslida u yerda jiddiy tadqiqot olib borilgan. Gap fransuz olimi Pavlo Blavaskiyning "Postsovet davlatlarida siyosatchilarning semirishi va korrupsiya" nomli maqolasi haqida.

Blavaskiy 15 ta postsovet respublikasida 2017-yilda ishlab turgan 299 vazirning anfas suratini to‘plab, kompyuter algoritmi yordamida ularning tana massasi indeksini (qay darajada ortiqcha vazni borligini) hisoblab chiqqan. Har bir davlatning umumlashtirilgan natijalarini Transparency International'ning Corruption Perception Index'idagi ko‘rsatkichlar bilan qiyoslagan. Buning asosida vazirlar qancha semiz bo‘lsa, o‘sha mamlakatda siyosiy korrupsiya shuncha rivojlangan, degan xulosaga kelgan.

Maqolada aytilishicha, 2017-yildagi 24 o‘zbek vazirining 13 nafarida (54 foizida) kuchli semirish bo‘lgan. O‘sha yili O‘zbekiston korrupsiya indeksida 157-o‘rinni egallagan, postsovet o‘lkalaridan undan pastroqda faqat Tojikiston va Turkmaniston bo‘lgan.

Umumiy olganda, 299 vazirdan 96 tasida (32 foizida) kuchli semirish (tana massasi indeksi 35-40 orasida), 13 nafarida (4 foizida) o‘ta kuchli semirish (tana massasi indeksi 40) kuzatilgan, faqat 10 nafarining (3 foizining) vazni me’yorda (tana massasi indeksi 18.5-25 orasida) bo‘lgan. Normal vaznlilar ichida bittagina o‘zbek vaziri ham bo‘lgan, ammo kimligi tadqiqotda aytilmagan.

Marosim[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvaliga mukofotlar ko’p hollarda Nobel sovrindorlari tomonidan MIT seminarlar zalida berib kelingan, 1994-yildan esa Garvard universitetining Sanders Teatrida berila boshlandi. 2020- va 2021-yillardagi marosimlarni COVID-19 pandemiyasi tufayli to’liq onlayn shaklda beldi. Marosim bir qancha hazillar bilan olib boriladi, jumladan, agar notiq cho’zib yuborsa “Iltimos to’xtating: zerikib ketdim” – deya baland yig’lovchi Sviti Pu xonim bilan. Mukofot odatda quyidagi jumlalar bilan tugaydi: Agar siz g’alaba qozonmagan bo’lsangiz, va ayniqsa g’alaba qozongan bo’lsangiz, kelgusi yilda yaxshiroq omad.

Marosim Garvard Kompyuter asostsatsiyasi, Garvard-Redklif ilmiy-fantasiya asostsatsyasi va Garvard-Redklif fizika talabalari jamiyati tomonidan moliyalashtiriladi.

Qog’oz samalyotchalarni sahnaga uloqtirish uzoq vaqtlik an’anaga aylangan. Bir qancha yildan beri professor Roy Glauber rasmiy “supurgi qo’riqchisi” nomi ostida sahnadagi qog’ozlarni yig’ishtirib oladi. Glauber 2005-yilda marosimda qatnasha olmaydi, chunki u bu vaqtda Stokgolmda haqiqiy nobel mukofotini olish uchun ketgan edi.

“Yoritgichlar paradi” qo’llab-quvvatlovchilar guruhini ham o’z ichiga oladi. 1997-yil marosimda bir guruh olimlar qatnashchilarga “4 Kelvinda behatar jinsiy aloqa” nomli risola tarqatishadi. Yomon sanatlar muzeyi delegatlari bu yerdan doimiy ravishda qo’lga ilinadigan narsa qidirishadi.

Targ'ibot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Marosim yozib olinadi va milliy jamoat radiosida uzatiladi, shuningdek Internet orqali to’g’ridan to’g’ri efir amalga oshiriladi. Har yili yozib olingan marosim shukronalik kunidan keyingi juma kuni, Science Friday radioprogrammasida uzatiladi. Bunga isbot tariqasida, tomoshabinlarning ko’rsatuv boshlovchisi ismi – Ira Flatovni qichqiriqlar orqali aytishlarini keltirish mumkin.

Ba’zi bir g’oliblar hayoti va izlanishlari haqida “2 ta – Shnobel mukofoti” va “Shnobel mukofoti 2”  nomlari ostida chop etildi. Ikkinchisi keyinchalik “O’zini klonlashtirmoqchi bo’lgan odam” nomiga o’zgartirildi.

Birlashgan qirolliklarda 2003-yildan buyon Shnobel mukofoti sayohati Milliy Ilm-fan haftaligining ajralmas qismiga aylangan. Ular tomonidan Avstraliyaga bir necha marotaba, 2009-yil Daniyadagi Arhus universitetiga, Italiya va Gollandiyaga sayohatlar uyushtirilgan.

Qabul qilish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2009-yil sentabrdagi “Shnobelga nobelning qarashlari” nomi ostidagi maqolada aytiladiki, Shnobel mukofoti ahamiyatsiz tadqiqotlar tanqidi bo’lsa ham u muhim kashfiyotlarga olib kelishi yozilgan. Masalan, 2006-yilda Bezgak chivinlari Limburger pishlog’I va inson go’shti hidi tomonidan bir hilda jalb qilinishini ko’rsatgan maqola Shnobel mukofotiga sazovor bo’lgan. Buning natijasi tariqasida pishloq bo’lagi Afrikaning strategik joylaridagi bezgak chivinlariga qo’yilgan tuzoqlarga o’lja sifatida qo’yiladi. Andre Jeym esa, 2010-yilda grafinda o’tkazgan tadqiqoti uchun nobel mukofotini olishidan avval, 2000-yilgi fizika yo’nalishidagi qurbaqa levitatsiyasiga Maykl Berry bilan birga olgan Shnobel mukofotini olgan. Keyinchalik bundan ruhlangan Xitoy oyning gravitatsiyasi tadqiqotlarini 2022-yilda ma’lum qilishdi.    

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Игнобелевские премии: Учёный смех // Популярная механика, 20.01.2008
  2. „В Гарварде вручены Шнобелевские премии“ (ru). Российская газета. Qaraldi: 2020-yil 14-dekabr.