Shirin Xalmuratova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shirin Xalmuratova (qoraqalpoqcha: Shiyrin Xalmuratova) — qoraqalpoq xalq shoiri. „O‘n sakkizinchi bahor“, „Sevimli odamlar“, „Bulbul qo‘shig‘i bilan uyg‘onaman“ to‘plamlarining muallifi. Uning she’rlari 1974-yilda „Qoraqalpog‘iston“ nashriyotida chop etilgan qoraqalpoq shoirlarining „Amu qo‘shiqlari“ to‘plamiga kiritilgan.

Shirin Xalmuratova
Asl ismi Shiyrin Xalmuratova
Tavalludi 1949-yil
Vafoti 2013-yil 6-mart
Kasbi shoira, jurnalist
Ijod qilgan tillari qoraqalpoq tili
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Nukus davlat pedagogika instituti
Janr sheʼr, poema
Turmush oʻrtogʻi Uzaqbay Pirjanov
Bolalari Lira Pirjonova, Goʻzal Pirjonova, Erpoʻlat Pirjanov, Oysultan Pirjanova, Muxtar Pirjanov

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1949-yili 11-oktyabr Toshkent shahrida davlat arbobi Oʻtesh Xalmurat oʻgʻli (aslida Chimboyli boʻlgan ziyoli insonlardan biri, partiya xodimi) oilasida tavallud topgan. U bolaligidan xulq-atvori bilan ota-onasi, tengdoshlari diqqat-eʼtiboriga tushgan[1].

Oʻrta maktabni tugatgandan soʻng, Nukus davlat pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetida tahsil olgan.

Uning dastlabki qoʻshiqlar toʻplami institutda 1-kursda oʻqib yurgan paytida „Oʻn sakkizinchi bahor“ nomli toʻplami nashr etilgan. Shoirning dastlabki qoʻshiqlariga taniqli qoraqalpoq kompozitorlari A.Sultanov, X.Turdiqulovlar musiqa yaratib, sahnada T.Doshumova, S.Mambetova, I.Rafiqovalar tomonidan ijro etilgan.

Shirin Xalmuratovaning ijod namunalari oʻzbek, ozorbayjon, dogʻiston, qirgʻiz, qozoq va Baltik boʻyi xalqlarining tillariga tarjima qilingan[2].

„Bilim“ va „Kitobsevarlar“ jamiyatlarida ishlab, uzoq yillar davomida „Qoraqalpog‘iston kengashi“ gazetasida shaxsiy muxbiri bo‘lib ishlagan.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvchi, shoir, tarjimon Uzoqboy Pirjonovning rafiqasi.

Bolalari: Lira Pirjonova, Goʻzal Pirjonova, Erpoʻlat Pirjanov, Oysultan Pirjanova va Muxtar Pirjanov. Nevaralari (nabiralari) Nodirabegim, Shahrizoda, Bobur, Tumaris, Alpamis.

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shirin Xalmuratova 2013-yil 6-martda vafot etgan.

Kitoblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Эзийз адамлар: [Косыклар], Нокис: Каракалпакстан, 1984, 76 s.

2. Бүлбил сести таңда оятар мени, Тошкент: Zilol buloq, 2020, 212 s.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Oʻn sakkizinchi bahor, sheʼriy toʻplami. „Qoraqalpogʻiston“. 1969-yil 42 b.

2. Bobom gullari (hikoya, Lira Pirjonovaning qoraqalpoq tilidan tarjimasi) „Yangi adabiyot“ jurnali sayti. 2021-yil 31-oktyabr.

3. Azizlar: Sheʼrlar / Shirin Xalmuratova. Nukus: Qoraqalpogʻiston, 1984-yil 73 b.

4. Bulbil sesti tanda oyatar meni. Toshkent: Zilol buloq, 2020-yil[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]