Geografik qutblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Geografik qutblar (Shimoliy qutb va Janubiy qutb) — Yer aylanishidan hosil boʻlgan xayoliy oʻqning Yer yuzasi bilan kesishgan nuqtalari. G. q.da Yer meridianlarining hammasi tutashadi. Unda odatdagi dunyo tomonlari yoʻq, kun va tun almashinmaydi. U yerda Quyosh yarim yil chiqmaydi va yarim yil botmaydi (qarang Qutb tuniva Hutbkuni). G. q. nuqtasi Yer yuzasida murakkab ztri chiziq boʻylab siljib yuradi, yaʼni tomonlari 26 m boʻlgan kvadrat ichida oʻz holatini oʻzgartirib turadi. Yer shaklining sharga deyarli oʻxshash boʻlganligi tufayli, qutblarga Quyosh nuri yotiq (23 ‘/2° dan yuqori boʻlmaydi) tushadi, natijada G. q. atrofida juda keng maydonning iqlimi sovuq, kuchli shamol va izgʻirinlar boʻladi. Shimoliy G. q. Shimoliy Muz okeanining muz bilan qoplangan suvi ustida joylashgan. Shimoliy G. q. (89°55’ sh. k.)ga birinchi boʻlib amerikalik qutbshunos R. Piri (1909 y. 6 aprel) yetib borgan. Janubiy G. q. (88°23’ j. k.) Antarktida materigining Tinch okean sohiliga yaqin muz qoplami ustidadir, birinchi boʻlib unga norvegiyalik tadqiqotchi R. Amundsen (1911 y. 14 dek.) borgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil