Shermat Yormatov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Shermat Yormatov (1939.17.10, Fargʻona tumani) — xor dirijyori, kompozitor, bolalar xori sanʼatining faol targʻibotchisi. Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat konservatoriyasini xor dirijyorligi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan (1967). Toshkent shahridagi 99 oʻrta maktabda musiqa oʻqituvchisi va "Boychechak" xor studiyasining rahbari (196282), Uzteleradiosida xor jamoasi dirijyori (1967–70), "Bulbulcha" bolalar xorining badiiy rahbari va bosh dirijyori (1971 yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi raisi oʻrinbosari (1996–99). Ayni paytda A. Qodiriy nomidagi Madaniyat inti (1980–95) da oʻqituvchi, dotsent (1994). Kompozitor ijodida vokal musiqa (ayniqsa bolalar uchun yaratgan qoʻshiqlari) asosiy oʻrin tutadi: "Salom maktab", "Gʻildiragim", "Ikki qoʻymang, oʻqituvchi!", "Sumalak", "Oymomojon rom boʻldi", "Qizaloq", "Xon atlas", "Bu yurtning yoshlari", "Chitti gul" (folkloretnografik syuita), "Assalom hayot" kantatasi (T. Ilhomov soʻzi) va b. Aksariyat qoʻshiklari turli musiqa toʻplamlarida nashr etilgan. 1970 yillar oʻrtasidan boshlab oʻzbek bolalar qoʻshigʻi hamda xor sanʼatiga bagʻishlangan doimiy "Qoʻshigʻim – jon qoʻshigʻim", "Birgalikda kuylaymiz" telekoʻrsatuvlarini olib boradi. "Sogʻlom avlod uchun" ordeni bilan mukofotlangan (1994).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil