Shayx Burhoniddin masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Shayx Burhoniddin masjidi
Masjidning 2020-yildagi holati
Mamlakat  Indoneziya
Asosiy sana:
1670 (353 yil avval) (1670)[1]
Hajmi 3000 kishi
Minoralar soni 2

Shayx Burhonuddin katta masjidi (indonezcha: Masjid Raya Syekh Burhanuddin) Indoneziyaning Gʻarbiy Sumatra shahridagi eng qadimiy masjidlardan biri hamda madaniy meros obyekti hisoblanadi. Masjid Gʻarbiy Sumatraning Padang Pariaman viloyatidagi Ulakan Tapakis tumanidagi Nagari Ulakanda hududida joylashgan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid 1670-yilda Burhoniddin Ulaqon tomonidan qurilgan va bu Indoneziyadagi eng qadimiy masjidlardan biri hisoblanadi. Masjid qurilganda binoning oʻlchami 15 by 15 meter (49 ft × 49 ft) boʻlgan va butkul yogʻochdan yasalgan[2]. Masjid birinchi marta 1760-yilda qurilish sharoitlari notoʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi uchun taʼmirlangan. Masjid 2009-yilgi Sumatra zilzilasida vayron boʻlgan. Keyin u qayta tiklangan va 2011-yilda qurib bitkazilgan[3].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid umumiy 55-by-70-meter (180 ft × 230 ft) lik yer uchastkasida joylashgan. Bino kvadrat shaklda boʻlib, maydoni 40 by 40 meter (130 ft × 130 ft) boʻlib, unda 3-by-40-meter (9.8 ft × 131.2 ft) oʻlchamdagi terassa bor va 3000 ga yaqin ziyoratchilarni oʻzida sigʻdira oladi. Bu masjidning ikki tomonida ikkita minorasi mavjud. Masjid ibodat joyi sifatida yaratilganidan tashqari, sunami sodir boʻlgan taqdirda aholini evakuatsiya qilish hududi sifatida ham tayyorlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Gayo, Iwan. Buku Pintar Seri Senior: Masjid Bersejarah di Indonesia. Grasindo, 1985. ISBN 979-025-294-3. 
  2. 2,0 2,1 Zein, Abdul Baqir. Masjid-Masjid Bersejarah di Indonesia. Gema Insani, 1999. ISBN 979-561-567-X. 
  3. http://www.sitinjaunews.com (Wayback Machine saytida 2019-08-30 sanasida arxivlangan) Masjid Raya Syekh Burhanuddin Ulakan Diresmikan[sayt ishlamaydi].