Shavkat Niyoziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shavkat Niyoziy
Tavalludi 19-dekabr, 1927-yil
Vafoti 15-mart, 2021-yil
Moskva, Rossiya Federatsiyasi (93 yosh)

Shavkat Niyoziy(1927-yil 19-dekabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR - 2021-yil 15-mart, Moskva shahri, Rossiya Federatsiyasi) - sovet va tojik tanqidchisi va adabiyotshunosi. U Tojikiston SSR da xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, RSFSRda xizmat koʻrsatgan madaniyat arbobi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Shu bilan birgalikda u teatr fanlari doktori, professor[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Niyoziy 1927-yil 19-dekabr kuni Oʻzbekiston SSR tarkibidagi Samarqand viloyatida tugʻilgan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng, 1944-yil Dushanbe davlat pedagogika institutiga qabul qilinadi. Shu oliygohni 1948-yil muvaffaqiyatli tamomlaydi. Bir muddat shu universitetda oʻqituvchilik qilgan. Shavkat Niyoziy 1957-yil Tojikiston Fanlar Akademiyasi Jurnalistika institutida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. U Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar, Moskvadagi SSSR Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi hamda tojik adabiyoti boʻyicha masʼul kotib boʻlgan. U uzoq yillar davomida Maksim Gorkiy nomidagi davlat teatr sanʼat institutida ishlagan. Vafotiga qadar, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi yozuvchilar uyushmasi xalqaro tashkilotining Ijroiya qoʻmitasi raisining maslahatchisi boʻlgan. Shavkat Niyoziy 1997-yili Moskvada „Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlangan. Shavkat Niyoziy 2021-yil 15-martda Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida vafot etdi[2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shavkat Niyoziy 1947-yildan sovet xalqlari adabiyoti, ayniqsa, tojik adabiyotining rivojlanish bosqichlarini tadqiq qilishni boshladi. Uning ilk ilmiy maqolasi 1948-yili nashr qilingan. Uning xuddi shu yili „Sovet xalqlarining adabiyot tarixi“ nomli kitobi chop etildi.

Shavkat Niyoziyning 1967-yili „Mushoira“, 1973-yilda „Doʻstlar ovozi“, 1985-yil „Moviy togʻlar boʻyida“ hamda 1987-yilda „Lolaqizgʻaldoq“ nomli kitoblari Moskvada nashrdan chiqdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]