Sharof Rashidov uy muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Sharof Rashidov uy muzeyi 1992-yil 6-noyabrda atoqli davlat arbobi, yozuvchi Sharof Rashidov tugʻilganligining 75-yillik munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan Jizzax viloyatida Sharof Rashidov yodgorlik muzeyi sifatida tashkil etildi.

2017-yil 27-martda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sharof Rashidov tavalludining 100-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisidagi qarori imzolandi. Ushbu qarorga eʼtiboran muzey qaytadan zamon talablariga javob beradigan tarzda qayta taʼmir qilindi[1].

Uy-muzey joylashgan hudud dastlab Sh. R.Rashidovning ota-onasi – Rashid ota va Qulsinoy ona Xalilovaga qarashli boʻlib, Jizzax shahrining chekka qismida edi. Sharof Rashidovichning turmush oʻrtogʻi Xursana Gʻofurovnaning istagiga koʻra, 1979-yilda eski taxtali uy qaytadan obodonlashtirildi. Uy-muzeyni barpo etishdan asosiy maqsad Sharof Rashidovich Rashidovning boy merosini oʻrganishdan iborat.

Muzey 5 ta zaldan iborat: asosiy zal, yozuvchi hayoti haqidagi ekspozitsiya. Rashidovga xorijiy davlatlar rahbarlarining hujjatlari va shaxsiy buyumlari, sovgʻalarini taqdim etilgan zal. Xursana Gʻofurovna Rashidova zali – Sharof Rashidovng rafiqasi va oilasiga bagʻishlangan ekspozitsiya. Rashidov, hujjatlar va shaxsiy buyumlarini taqdim etdi. Siyosat arbobining ishxonasi Rashidov – ekspozitsiyada Toshkentdagi kvartiradagi (qayta taʼmirlangan) idoradagi buyumlar va kitoblar taqdim etilgan[2].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 27.03.2017-yildagi PQ-2854-son lex.uz 27.03.2017
  2. Sharof Rashidov uy-muzeyni rasmiy sayti (Wayback Machine saytida 2022-03-17 sanasida arxivlangan) sharafrashidov.org