Kontent qismiga oʻtish

Sharafutdin Chochayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sharafutdin Chochayev
ruscha: Шарафутдин Юсупович Чочаев
Kabarda-Bolqor Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi
Mansab davri
1990-yil 30-avgust – 1992-yil 1-fevral
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1960-yil 9-yanvar
Gundelen, Elbrus tumani, Kabarda-Bolqor Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi, RSFSR[1], SSSR
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlim Mir Arab madrasasi
Kasbi muftiy
Dini islom: sunniylik

Sharafutdin (Sharabuttin) Yusupovich Chochayev (1960-yil 9-yanvar, Gundelen, Kabarda-Bolqor Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) — rossiyalik din va jamoat arbobi, muftiy. 19901992-yillarda Kabarda-Bolqoriya Respublikasi musulmonlari diniy boshqarmasi raisi. Hozirda Shimoliy Kavkaz islom universiteti rektori.

Tarjimai holi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1960-yil 9-yanvarda KBASSR Baksan tumani Gundelen qishlogʻida tugʻilgan.

1977-yilda oʻrta maktabni tugatgach, Buxorodagi Mir Arab madrasasiga oʻqishga kirgan.

1979-yilda SSSR Qurolli Kuchlari safiga chaqirilganligi sababli oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻlgan. Afg‘onistonda xizmat qilgan. Demobilizatsiyadan soʻng Mir Arab madrasasida oʻqishni davom ettirgan.

1983-yilda oʻqishni Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga koʻchirilib, 1987-yilgacha shu yerda tahsil olgan.

19871990-yillarda oʻzi tugʻilib oʻsgan Gundelen qishlogʻida imomlik qilgan.

1989-yilda Kabarda-Bolqor musulmonlari diniy idorasi tashkilot qozisi Shafig Pshixachevga yordamchi muovin etib saylangan.

1990-yil 30-avgustda Kabarda-Bolqor musulmonlarining I qurultoyida va diniy idora muftiysi saylanishida Pshixachev oʻz nomzodini qaytib oladi va Chochayevni tanlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Natijada qurultoy yakunlariga koʻra Chochayev Kabarda-Bolqor musulmonlari diniy idorasi muftiysi etib saylangan.

1992-yil 2-fevralda boʻlib oʻtgan Kabarda-Bolqor musulmonlarining II qurultoyida Pshixachev Kabarda-Bolqor musulmonlari diniy idorasining yangi raisi, Sharafutdin esa rais oʻrinbosari etib saylagan. Kabarda-Bolqor musulmonlari diniy boshqarmasi raisi lavozimida ishlagan[2].

1998-yilda Kabarda-Bolqor musulmonlari diniy boshqarmasi qoshidagi Islom instituti direktori etib tayinlangan.

2007-yil iyul oyida KBRdagi birinchi oliy diniy muassasa — Imom Abu Hanifa nomidagi Shimoliy Kavkaz islom universiteti rektori etib saylangan[3][4].

Afgʻonistonning „Baynalminal jangchi“ medali, Misrning „Islomni qayta tiklagani uchun“ medali, Rossiya faxriylari ittifoqining „Vatan oldidagi xizmatlari uchun“ medali, shuningdek, Rossiya Muftiylar kengashining „Maʼnaviy birlik uchun“ medali va Shimoliy Kavkaz Musulmonlar maʼnaviyatini rivojlantirish markazining „Maʼnaviy birlik uchun“ medali bilan taqdirlangan.