Shamol (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Shamol“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2007
Yozib olingan 2007
Davomiyligi 3:25
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov

Shamol“ — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. 2007-yil eʼlon qilingan. Qoʻshiqning matnini ham, kuyini ham guruh solisti Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak] Qoʻshiq lya minor tonalligida yozilgan[1].

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Shamol“ qoʻshigʻini guruhning 2007-yilga qadar eʼlon qilingan, eski va yangi toʻrt qoʻshigʻidan iborat „16-albom“ nomli albomiga ikkinchi trek oʻlaroq kiritgan[2], ammo bu taronalar 2007-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan. 2020-yil Sodiqovning YouTube kanalida qoʻshiqning remiksi eʼlon qilingan.

„Shamol“ qoʻshigʻi „Bolalar“ guruhining 2007-yil „iTunes“da eʼlon qilingan „The Very Best of the Fontana Years“ (tarjimasi „Fontana yillarning eng sara [qoʻshiqlari]“) terma albomiga ilk trek oʻlaroq kiritilgan[3]. Bu albom markaziy osiyolik xonanda yoki guruhning „iTunes“da eʼlon qilingan ilk albomidir. Ammo albom mualliflik huquqlari bilan bogʻliq kelishmovchiliklar tufayli 2012-yildan keyin platformadan olib tashlangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktyabr 2022-yil.
  2. „"Болалар" гуруҳининг 16 чи оригинал альбоми“. YouTube (27-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 19-oktyabr 2022-yil.
  3. „iTunes - Music - The Very Best of the Fontana Years by Bolalar (ingl.). Apple Music (22-yanvar 2007-yil). Qaraldi: 2012-yil 11-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]