Shajarayi Xorazmshohiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

„Shajarayi Xorazmshohiy“ (1910—1918) asari, muallifi oʻzbek tarixchi Muhammad Yusuf ibn Bobojonbek Bayoniy (1858—1923)dir.

Bayoniyning nasli-nasabi Xiva xonligini koʻp yillar idora qilgan oʻzbek Qoʻngʻirotlar sulolasiga borib ulanadi. Otasi Bobojonbek Xiva xoni Eltuzarxon (1804—1806)ga nabira boʻladi.

Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy ” asarida Xorazmning turklarning qadimgi podshohi Yofas o‘g‘lon, Yofas ibn Nuhdan to oʻzbek Qo‘ng‘irot sulolasigacha kechgan tarixi bayon etilgan. Asarning eng qimmatli qismi Muhammad Rahim avval (1806 — 1873-yy.) va Asfandiyorxon (1910—1918) davrigacha boʻlgan so‘nggi qismidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.