Shahodat Rahimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shahodat Rahimova (1919.5.1 1979.8.12) — aktrisa, xonanda (dramatik soprano). Oʻzbekiston xalq artisti (1940). Moskva konservatoriyasini tugatgan (1951). Ijodini Andijon teatrida boshlagan (1932—39). Gulsara (Komil Yashin, "Gulsara"), Gulchehra (U. Hojibekov, "Arshin mololon"), Shirin (Xurshid, "Farhod va Shirin") kabi obrazlarni shu teatrda yaratgan. 193953-yillar Navoiy teatrida, 1953 — 58 yillar Mukimiy teatrida, 1959—78 yillar Oʻzbek davlat filarmoniyasida ishlagan. Norgul (M. Ashrafiy, "Boʻron"), Jamila (O. Chishko, "Mahmud Torobiy"), Oq Junus (Yevgeniy Brusilovskiy, "Er targʻin"), Layli (T. Sodikrv, R. Glier, "Layli va Majnun"), Polina (P. Chaykovskiy, "Qargʻa motkasi") kabi opera partiyalarini, Zuxra (S. Abdulla, T. Jalilov, "Tohir va Zuxra"), Nurxon (Komil Yashin, T. Jalilov, "Nurxon"), Shirin (Xurshid, Yu. Rajabiy, "Farhod va Shirin"), Obida (S. Abdulla, T. Jalilov, "Mukimiy"), Sanam (A. Bobojon; K. Otaniyozov, "Aziz va Sanam") kabi musiqali dramalardagi rollari yuksak ijrosi, oʻtkir psixologik talkini bilan ajralib turadi. R. shuningdek, "Ey dilbari jononym", "Ushshoq", "Sallamno", "Samarqand ushshogʻi" kabi ashulalari bilan xalq orasida mashhur boʻlgan. "Qasam" (Saodat), "Yoqut yulduzlar" (Xayri) kabi filmlarda suratga tushgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil