Serkalisoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Serkalisoy
Tavsif
Uzunligi 35
Davlat Oʻzbekiston


Serkalisoy (Teraklisoy) — Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi soy. Oqbuloq daryosining oʻng irmogʻi. Unga chap qirgʻoqsan (boshlanishidan 7,4 km da) quyiladi. Uzunligi 35 km, havzasining maydoni 449 km². Chatqol tizmasining shim.gʻarbiy yon bagʻridan boshlanadi. Boshlanishidan Zimnonsoy, quyilish joyigacha Teraklisoy deb ataladi. Asosan, qordan, qisman yomgʻirdan toʻyinadi.

Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi quyilishida 8,05 m³/sek., oqim moduli 17,9 l/sek, km². Oʻrtacha koʻp yillik suv sarfi 12 m³/sek.dan (sersuv yilda) 6,66 m³/sek. gacha (kam suvli yilda) oʻzgaradi. Suvining sutkalik eng koʻp sarfi mayda, baʼzida aprelda kuzatiladi. Mart oyidan iyul oxirigacha sersuv boʻladi, baʼzan toshadi. Toshqin davrida sutkalik eng koʻp suv sarfi 10—20 marta koʻp boʻlishi mumkin. Qish sovuq kelganda suvning qirgʻoqqa yaqin joylari muzlaydi va suv yuzida mayda muz parchalarining oqishi kuzatiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil