Sergey Georgiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Sergey Georgiyev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sergey Georgiyev
Tavallud sanasi 20-dekabr 1991-yil[1]
Tavallud joyi Gagauziya, Moldova [2]
Boʻyi 176 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Vazni 68 kg
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Gagauziya-Oguzsport
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2013 Sherif 91 (13)
2013—2014 Tiraspol 4 (2)
2013—2014   Dinamo Avto 19 (1)
2014— Sherif 9 (0)
2015   Navbahor 11 (2)
2015 Buxoro 6 (2)
2015–2016 Sherif 0 (0)
2016 Gagauziya-Oguzsport - (-)
2016–2018 Dinamo-Auto 29 (0)
2019–2022 FC Olimp
Milliy terma jamoa
Moldova (U 21) 5 (2)
2011— Moldova 8 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Sergey Georgiyev (rumincha: Serghei Gheorghiev; 1991-yil 20-dekabr, Gagauziya Moldova) — moldaviyalik futbolchi, yarim himoyachisi pozitsiyasida toʻp suradi.

Klub faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sergey futbolchlik faoliyatini 2008-yilda u „Sherif“ klubida tarkibida boshlgan[3]. 2008-yilda yoshlar jamoasidan u asosiy tarkibga koʻtarildi. 2008/2009-yilgi mavsumda ilk bor Moldova birinchi ligasida debyut qildi. 2008/2009, 2009/2010, 2011/2012 va 2012/2013-yilgi mavsumlarda u Sherif jamaosi bilan birgalikda uchta Moldova chempionligini qoʻlga kiritdi. Sherif bilan birgalikda 2008/2009 va 2009/2010-yilgi mavsumlarda ham ikki marta Moldova kubogini qoʻlga kiritgan. 2013-yil iyun oyida Moldavaning boshqa bir jamoasi „Tiraspol“ klubiga oʻtdi. Keyinchalik Tiraspol jamoasidan „Dinamo-Avto“ jamoasiga ijaraga berildi[4]. 2014-yil iyun oyida u Sherif klubiga qaytdi. 2015-yilning mart oyida u Oʻzbekiston oliy ligasining „Navbahor“ klubiga yil oxirigacha ijaraga berilgandi[5]. 11-tur uchrashuvida „Qoʻqon 1912“ga qarshi oʻyinda jamoasiga gʻalaba keltirdi[6]. 2015-yilning iyul oyida Oliy liganing boshqa bir jamoasi „Buxoro“ klubi safida oʻtdi. Buxoro jamoasida 6 uchrashuvda 2 ta gol urib jamoaning eng yaxshi futbolchilari qatorida boʻldi. 2016-yilgi mavsum oldidan vataniga, sobiq jamoasi „Sherof“ klubi tarkibiga qaytdi. 2022-yil Gagauziya Oguzsport jamoasi bilan shartnma imzolagan.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2008—2010-yillarda Moldova yoshlar terma jamoasiga jalb qilingan, yoshlar terma jamoasi tarkibida 5 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol muallifiga aylangan. 2011-yil 9-fevralda u Moldova milliy terma jamoasi safida Andorra terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida debyut qildi[7].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Moldova chempioni (4) : 2009, 2010, 2012, 2013
  • Moldaviya kubogi sohibi (2) : 2009, 2010
  • Moldaviya Superkubogi sohibi (4) : 2003, 2004, 2005, 2007
  • Moldova Superkubogi finalchisi (1) : 2014
  • Hamdoʻstlik kubogi gʻolibi (1) : 2009

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. http://www.englandfootballonline.com/Seas2010-20/2013-14/M0922Mol2013.html
  2. http://www.transfermarkt.co.uk/sergiu-gheorghiev/profil/spieler/98977
  3. „Serghei Gheorghiev“. National-Football-Teams.com. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.
  4. „«Шериф» посадил в автомобиль полузащитника“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-fevral.
  5. „Сергей Георгиев отдан в аренду клубу из Узбекистана“ (Russian). www.fc-sheriff.com/. FC Sheriff Tiraspol (2015-yil 18-mart). Qaraldi: 2015-yil 23-dekabr.
  6. „Сергей Георгиев забил очередной гол в составе узбекского "Навбахора"“. moldfootball.com (2015-yil 8-iyun). 2015-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-iyun.
  7. „Serhei Gheorghiev > Internationals“. Worldfootball.net. Qaraldi: 2012-yil 8-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]