Senegaldagi ekologik muammolar
Senegalning ekologik muammolari turli xil. Markaziy razvedka boshqarmasining dunyo faktlar kitobiga koʻra, brakonerlik, oʻrmonlarni kesish, haddan tashqari yaylovlarda chorvani oʻtlatish, tuproq eroziyasi, choʻllanish va ortiqcha baliq ovlash kabi dolzarb muammolar yovvoyi tabiat populyatsiyasining kamayishiga olib kelmoqda[1].
Iqlim oʻzgarishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Senegaldagi iqlim oʻzgarishi Senegal hayotining koʻp jabhalariga keng taʼsir koʻrsatadi. Iqlim oʻzgarishi Gʻarbiy Afrikada oʻrtacha haroratining 1986-2005 yillarga nisbatan asr oʻrtalariga kelib 1,5 dan 4 °C (3 °F va 7 °F) gacha oshishiga olib keladi. Yogʻingarchilik prognozlari yogʻingarchilikning umumiy jihatdan kamayishini va Sahelda kuchli mega-boʻron hodisalarining kuchayganini koʻrsatadi. G‘arbiy Afrikada dengiz sathi o‘rtacha global koʻrsatkichdan koʻra tez oshishi kutilmoqda. Senegal hozirda issiqxonadan ajralib chiqayotgan zaharli modda miqdori kam boʻlsa-da, u iqlim oʻzgarishi tez zarar yetkazadigan eng zaif davlatlardan biri hisoblanadi.
Haddan tashqari qurgʻoqchilik qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va ish bilan bogʻliq muammolarga taʼsir koʻrsatmoqda. Aholining 70 foizdan ortig‘i qishloq xo‘jaligi bilan shugʻullanadi. Dengiz sathining koʻtarilishi va natijada sodir boʻladigan qirgʻoq eroziyasi qirgʻoq infratuzilmasiga zarar yetkazishi va qirgʻoqboʻyi hududlarida yashovchi aholi katta qisminining koʻchishiga sabab boʻlishi kutilmoqda. Iqlim oʻzgarishi, shuningdek, yerning degradatsiyasini kuchaytirishi mumkin, bu esa Senegalning sharqiy qismida choʻllanishni kuchaytiradi va Sahroyi Kabir maydonining kengayishiga olib keladi.
Iqlim oʻzgarishiga moslashish siyosati va rejalari Senegal uchun juda muhimdir. 2006 yilda Senegal Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konventsiyasiga Milliy Moslashuv Harakat Dasturini (NAPA) taqdim etdi. NAPA suv resurslari, qishloq xoʻjaligi va qirgʻoq zonalarini mamlakatning eng zaif tarmoqlari sifatida koʻrsatadi. .
Oʻrmonlarning kesilishi va yerlarning zararlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivojlanayotgan dunyoning va Gʻarbiy Afrikaning boshqa qismlari singari, ijtimoiy kuchlar va siyosatlar oʻrmonlarning kesilishi va ekotizimning zararlanishiga olib keladi. Bu esa choʻllanish va ijtimoiy eroziyani keltirib chiqaradi. Senegalda aholining toʻrt baravar koʻpayishi sababli qishloq xoʻjaligini kengaytirish maqsadida koʻmir ishlab chiqarish miqdorining ortishi[2] oʻrmonlarning qisqarishiga sabab boʻldi.
2006-yilda Senegalda hali ham 45,1% yoki taxminan 8,673,000 gektar oʻrmon mavjud boʻlib, 18,4% yoki taxminan 1,598,000 gektar asosiy oʻrmon sifatida hisoblangan[3]. 2007-yilda Senegal tez oʻsib borayotgan aholisi sababli qishloq xoʻjaligi uchun daraxtlarni kesish va yoqish natijasida yiliga 350 000 gektar oʻrmonni yoʻqotdi. Yomgʻirning oʻzgaruvchanligi iqlim oʻzgarishi va boshqa shu kabi muammolar bilan holatni yanada yomonlashtirdi. Senegal 2018-yilda o‘rmon landshafti yaxlitligi indeksi boʻyicha o‘rtacha 7,11/10 ballga ega bo‘lib, 172 mamlakat ichida dunyo miqyosida 56-o‘rinni egalladi[4].
2016-yilda noqonuniy daraxt kesishning davom etishiKasamans oʻrmonining qoplami 2018-yilga kelib yoʻq boʻlib ketishiga olib kelishi hukumat tomonidan ogohlantirildi.
Holatni yumshatish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Senegal 1970-yillardan beri mangrov oʻrmonlarining 25 foizini yoʻqotdi. Mangrovlarni qayta tiklash boʻyicha soʻnggi saʼy-harakatlar Oceanium tashkiloti tomonidan olib borildi.
2000-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan milliy oʻrmon xizmati oʻrmon boshqaruvini demokratlashtirish va markazsizlashtirishga qaratilgan edi. Ammo, akademiklar tomonidan keyingi tekshiruvlar shuni koʻrsatdiki, tengsizliklar tijorat manfaatlarini va iqtisodiy kuchlar tomonidan ekspluatatsiya qilishni afzal koʻradi.
Haddan tashqari baliq ovlash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gʻarbiy Afrika jamoalari boshqa baliqchilik xoʻjaliklari kabi Gʻarbiy Afrikadagi baliqchilikdan hosil yigʻadigan Osiyo va Yevropa flotlari hamda mahalliy flotlarning haddan tashqari baliq ovlashi sababli bosimga duchor boʻlmoqda. Misol uchun , 2017 yilda Senegal flotlarida hosil koʻrsatkichining ning koʻp miqdorda pasayishi kuzatildi. Bu mamlakatda oziq-ovqat va oziq-ovqat taʼminotiga katta taʼsir koʻrsatdi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Senegal geografiyasi
- Senegal qishloq xoʻjaligi
- Senegalda suv taʼminoti va kanalizatsiya
- Ekologik monitoring markazi, Senegal
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Institute. „Senegal“. Global Forest Watch. 2018-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The World Factbook“. www.cia.gov. 2015-yil 4-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ Bensch, Gunther; Peters, Jörg (2013-11-01). „Alleviating Deforestation Pressures? Impacts of Improved Stove Dissemination on Charcoal Consumption in Urban Senegal“. Land Economics (inglizcha). 89-jild, № 4. 676–698-bet. doi:10.3368/le.89.4.676. ISSN 0023-7639.
- ↑ „Forest data: Senegal Deforestation Rates and Related Forestry Figures“. Rainforests. Qaraldi: 2018-yil 15-mart.
- ↑ Grantham, H. S.; Duncan, A.; Evans, T. D.; Jones, K. R.; Beyer, H. L.; Schuster, R.; Walston, J.; Ray, J. C.; Robinson, J. G. (2020). „Anthropogenic modification of forests means only 40% of remaining forests have high ecosystem integrity - Supplementary Material“. Nature Communications. 11-jild, № 1. 5978-bet. doi:10.1038/s41467-020-19493-3. ISSN 2041-1723. PMC 7723057. PMID 33293507.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |