Sen-lui
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Sen-lui — Senegalning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. SenLui viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 132,5 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Transport yoʻllari tuguni. Senegal daryosining Atlantika okeaniga quyilish yeridagi port. Savdotaqsimot markazi. Baliq ovlanadi. Oziqovqat, poligrafiya sanoatlari rivojlangan. Kustar usulda turli buyumlar tayyorlanadi. universitet bor. Shaharga 1659-yilda asos solingan. 1958-yilgacha Senegal va ayni vaqtda Mavritaniyaning maʼmuriy markazi boʻlgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |