Semrush

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Semrush
Turi SEO, Marketing
Qachon asos solingan 2008
Joylashuvi Boston, Massachusetts,Amerika Qo'shma Shtatlari[1]
Asoschi(lari) Oleg Shchegolev, Dmitri Melnikov
Rahbariyat
  • Oleg Shchegolev (CEO)
  • Dmitri Melnikov (COO)
  • Evgeny E Fetisov (CFO)
  • Eugene Levin (CSO)
Daromadi $124.9 million (2020)[2]
Ishchilar soni 980 (2020)[3]
Vebsayti semrush.com

Semrush bu SaaS platforma.[4][5] Saytdan asosan Kalit so'zlar tahlili va onlayn reyting ma'lumotlar: qidirishlar soni (search valume) va o'rtacha kalit so'zlarning narxi (CPC) ni bilish uchun foydalaniladi.[6][7] Platforma yuqoridagi ma'lumotlarni onlayn qidiruv mashinalari - Google va Bing dan oladi.[8][9] Platforma Bostonda joylashgan Semrush Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, kompaniya asoschilari Oleg Shchegolev va Dmitri Melnikovlar hisoblanadi.[10][11] 2020-yilgi ma'lumotlarga ko'ra, kompaniyada 980 ishchi ishlaydi. Kompaniyaning Boston,Filodelfiya, Chexiya Respublikasi, Kipr va Rossiyada ofislari mavjud.[3]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oleg Shchegolev va Dmitri Melnikov SEO ixlosmandlari bo'lib, soha rivojlanishi uchun bozordagi o'zgarishlar va eng yaxshi ma'lumotlarni yig'ib beradigan platforma yaratishni xohlashgan.[12]

Platforma dastlab Seodigger nomi bilan ishga tushib, 2007-yilda SeoQuake kompaniyasiga o'zgartiriladi.[13] Undan so'ng, platforma hozirgi nomi Semrushga o'zgartiriladi.[14] 2016-yilda, platforma foydalanuvchilari 1 million nafarga yetdi va ular 100 dan ortiq davlat fuqorolari edi.[12]

2018-yil aprelda kompaniya Greycroft, E.Ventures va Siguler Guff venchur kompaniyalari tomonidan olib borilgan moliyalashtirish bitimining bir qismi sifatida 40 million dollar miqdorida mablag oldi. Bu mablag'lar platformaning kengayishi va Amazon, Microsoft va Baidu tomonidan ishlab chiqilgan platformalarida tadqiqot ishlarini olib borishni ko'zda tutgan.[15][16]

2020-yil dekabr oyida kompaniya o'z nomini "SEMrush" dan "Semrush" ga yangilab, rebrending o'tkazdi.[17]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Semrush Inc“. Bloomberg. Qaraldi: 12-iyul, 2021.
  2. „Semrush“. Craft.co. Qaraldi: 12-iyul 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 „Semrush“. UNITED STATES SECURITIES AND EXCHANGE COMMISSION.
  4. Ward, Anne. The SEO Battlefield: Winning Strategies for Search Marketing Programs. O'Reilly, 2017 — 64 bet. ISBN 978-1491958377. 
  5. „Boston software company SEMrush plans IPO“. Bizjournals.
  6. Sabin-Wilson, Lisa. WordPress All-in-One For Dummies. For Dummies, 2013 — 429 bet. ISBN 1118383346. 
  7. Jones, Kristopher. Search Engine Optimization: Your Visual Blueprint for Effective Internet Marketing. Visual, 2013 — 21 bet. ISBN 978-1118551745. 
  8. Elmansy, Rafiq. Teach Yourself VISUALLY Search Engine Optimization. Visual, 2013 — 68 bet. ISBN 978-1118470664. 
  9. Shenoy, Aravind. Introducing SEO: Your quick-start guide to effective SEO practices. Apress, 2016 — 68 bet. ISBN 978-1484218532. 
  10. „Oleg Shchegolev & Dmitri Melnikov: How These Two Self-Proclaimed Enthusiastic Nerds Built A Global SEO Company“. Huffpost.
  11. „Semrush Review“. PCMag.
  12. 12,0 12,1 Shulman, Robyn D. „Oleg Shchegolev & Dmitri Melnikov: How These Two Self-Proclaimed Enthusiastic Nerds Built A Global SEO Company“. Huffington Post (7-aprel 2017-yil). Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  13. „SeoQuake Presents New SEO Product for Analyzing Web Sites' Search Engines Traffic“. PR Web (4-iyun 2007-yil). 2022-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.
  14. „Top Reasons for Using Semrush“. Naijatechweb.tech. James (6-avgust 2021-yil). Qaraldi: 6-avgust 2021-yil. [sayt ishlamaydi]
  15. „Search Marketing Firm SEMrush Raises $40 Million to Fund Expansion“. WSJ.
  16. „Tech Tracker round-up“. Evening Standard.
  17. „Semrush Unveils New Logo and Refreshed Visual Identity“. Semrush (11-dekabr 2020-yil). 2021-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-iyul 2021-yil.