Selfi
Selfi (/ˈsɛlfi/)[1] – insonning odatda qoʻli yoki selfi tayoqchasi yordamida smartfoniga olingan oʻz rasmi. Selfilar odatda Facebook, Twitter, Snapchat, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatiladi. Ular odatda tabiatda tasodifan tushuriladi (yoki tasodifiy koʻrinadi). "Selfi" odatda kamera yordamida bilak uzunligidek joydan olingan rasm degan maʼnoni anglatadi. Biroq, selfi koʻplab subyektlarni ham oʻz ichiga olishi mumkin. Demak, rasm koʻplab subyektlarni qamrab olayotgan va ulardan biri tomonidan olinayotgan boʻlsa ham selfi hisoblanadi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1839-yilda amerikalik fotografiya kashfiyotchisi Robert Cornelius oʻzining birinchi suratkash boʻlishiga sabab boʻlgan daguerreotypeni yasaydi. Jarayon sekinligi sababli u linzani olib bir-ikki daqiqaga kamera ichiga kirardi, keyin linzani qopqoqqa qayta joylashtirardi. U rasm ortiga “Yorqin tushurilgan birinchi rasm. 1839” deb yozib qoʻyadi. Uning “birinchi selfi” rasmi nusxasi Filadelfiyadagi Laurel Hill qabristondagi qabrtoshiga tushurilgan.
1900-yilda Kodakning birinchi ixcham “Brownie” kamerasi selfi-portretlarni keng tarqalgan texnika bo’lishga olib keldi. Selfi tushish uchun odatiy usul quyidagicha edi: uchoyoq ustiga o’rnatilgan kamera va ko’zgu obyekt yaqiniga keltirib rasmga olinar edi. 13 yoshli Nikolay IIning kichik qizi Anastasiya Nikoklayevna 1914-yilda koʻzgu orqali o’zini rasmga olib do’stiga jo’natgan birinchi oʻsmir edi. Rasm bilan birga u jo’natgan xatida shunday deb yozadi “Bu rasmni men ko’zguga qarab turib o’zim oldim. Qo’lim qaltirog’ida buni qilish juda qiyin edi” (albatta u paytdagi kameralar hozirgidek yengilgina bo’lmagan).
1970-yillarda rasmni tushurgan joyida chiqarib beradigan kameralar yaratilshi bilan selfi-portret ancha rivojlandi – yangicha yuz ifodalari, konservativ shaxslardan koʻra beqaror shaxslarni rasmga olish va hokazo. Tezkor kameralar havaskorlarga ham tezda fotografiyani o’rganishga imkon berdi. Bu amaliyot raqamli kameralarga o’tish jarayoni tezlatdi. Keyinchalik ular ko’pyillik plyonkali kameralarni surib chiqardi.
2002-yil 13-sentabrda birinchi marta Karl Kruzeknikining “Doktor Karlning O’ziga Xizmat Ilmiy Forumi”da Natan Hope tomonidan maqolasida selfi so’zi ishlatiladi. Keyinchalik Hope o’z fikrini rad etgan bo’lsada, uni quyidagicha ta’riflagandi: “o’zingni tasvirlash uchun umumiylikda foydalanilgan nimadir”.
Sony Ericsson firmasi 2003-yil oxirida selfi va video qo’ng’iroqlar amalga oshirishga imkon beruvchi old kamerali Z1010 mobil telefonini ishlab chiqaradi. Bunday kameralar Iphone 4 (2010) kabi qurilmalar uchun umumiy bo’lib bordi.
2011-yilda rasm ulashiluvchi Instagram ijtimoiy tarmog’i foydalanuvchilarga osonlik bilan oʻzlarining rasmlarini oʻzgartirishga imkon beruvchi avto-filtr joriy etadi. 2013-yilda Oxford ingliz tili lugʻatiga selfie soʻzi qoʻshiladi.
Mashhurlik
[tahrir | manbasini tahrirlash]Keng tarqalganiga qaramasdan undan foydalanilyotganiga koʻp boʻlmagan. Selfi janridagi rasmlar bir qancha muddat avval bor edi. Facebook hali yetakchi ijtimoiy tarmoq boʻlmagan 2000-yillar boshida selfi rasmlar odatda MySpaceda tarqatilgan. Biroq, yozuvchi Kate Lossening aytishicha 2006-2009-yillar oraligʻida (Facebook MySpacedan mashhurroq boʻlgan payt) “MySpace pic” (odatda havasakka, tez koʻrish uchun, tez-tez vannaxona koʻzgusi qarshida tushilgan) yangiroq boʻlgan Facebook ijtimoiy tarmogʻi foydalanuvchilariga yoqmadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „selfie noun - Pronunciation - Oxford Advanced Learner's Dictionary at OxfordLearnersDictionaries.com“. oxfordlearnersdictionaries.com.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikilugʻatda selfi nomli maqola mavjud. |