Linza

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Linza (nem. Linse, lot. lens — yosmiq; ikki tomoni qavariq shisha) — 1) optikada — ikkala tomoni sferik (yoki boshka shakldagi) sirtlar bilan chegaralangan shaffof jism; yorugʻlik oqimi shaklini oʻzgartirib beradi. Asosan, optik sistemalarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Linza, koʻpincha, shishadan tayyorlanadi; inf-raqizil nurlar yoki ultrabinafsha nurlar uchun shaffof moddalar (kvars, flyuorit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Linza sirtining koʻrinishi koʻpincha sferik, maxsus Linzalarda esa sferik boʻlmasligi ham (mas, silindrik) mumkin. Odatda, sferik sirtlar bilan yoki bitta sferik sirt va bitta yassi sirt bilan chegaralangan Linzalar keng qoʻllanadi. Shak-liga koʻra, Linzalar qavariq va botiq xillarga boʻlinadi. Sferik sirtlarning S, va S2 markazlari orqali oʻtgan MM, toʻgʻri chiziq Linzaning bosh optik oʻqi, O nuqta optik markazi deb ataladi. Linzaning optik markazi orqali burchak ostida oʻtuvchi har qanday toʻgʻri chiziqlar Linzaning qoʻshimcha optik oʻqlari deyiladi.

Linzani koʻplab prizmalarning yigʻindisi deb tasavvur qilish mumkin (4-rasm). Qavariq Linzalar parallel nurlar dastasini yigʻib beradi [ularni yigʻuvchi (musbat) Linzalar deyiladi]; Botik Linzalar yorugʻlikni har tomonga tarqatib yuboradi [ularni tarqatuvchi (manfiy) Linzalar deb ataladi]. Parallel nurlarni musbat Linzalarda bir nuqtada — Linzaning bosh fokusida, manfiy Linzalarda esa (tarqalayotgan nurlarni) Linzaning mavhum bosh fokusida yigʻish mumkin. Manfiy Linzalarda buyumning mavhum tasviri, musbat Linzalarda haqiqiy, ammo teskari tasviri oli-nadi. Linzaning optik markazidan foku-sigacha boʻlgan masofa Linzaning fokus masofasi deyiladi. Optik asboblarda, Linzalarning optik aberratsiyasi tufayli, bir necha Linzalar ishlatiladi; 2) akustikada— tovush yoʻnalishini oʻzgartira oladigan (tovushni fokuslaydigan) qurilma. Optik Linza kabi akustik Linza ham ikki ish sirti bilan chegaralanadi. Bu ikki sirtning sindirish koʻrsatkichi asosiy tav-sifi boʻladi. Shu sababli Linza materiali shaffof boʻlganida uning toʻlqin qarshiligi muhitning toʻlqin qarshili-giga yaqin boʻlishi shart. Akustik Linza kattiq, suyuq, gazsimon moddadan iborat boʻlishi mumkin. Havoli Linzalar radioapparaturalarda, qattiq va suyuq Linzalar defektoskopiyada, tibbiyot diagnostikasida qoʻllanadi, shuningdek, ultra-tovushdan foydalanish (texnika va biologiya)da uni konsentratsiyalash (yigʻish) uchun ishlatiladi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil