Burhoniddin Termiziy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Burhoniddin Termiziy, Sayyid Husayn Burhoniddin Muhaqqiq (?—1240, Qoʻniyo shahri. Turkiya) — tadqiqotchi olim (Muhaqqiq laqabi shundan), shayx. Baho Valad (1231 yil v. e.) degan donishmandga shogird tushgan va davrining eng yuksak — Sayyidi sirdon (hamma sirlardan voqif) unvoniga sazovor boʻlgan. Umrining soʻnggi yillarida Turkiyaning Qoʻniyo shahriga kelib Jaloliddin Rumiy maqbarasi xonaqohida shayxlik qilgan.

B.T.ning "Maorif" asari bizgacha yetib kelgan. Unda falsafa, qonunshunoslik, tafsir, hadis ilmi bilan bogʻliq masalalar, islom mazhablari yoritilgan. Bu asar 1920 yil Tehronda bosilgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil