Sayfi Shamsiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sayfi Shamsiyev
Сайфи Шамсиевич Шамсиев
Tavalludi 1-dekabr, 1914-yil,
Namangan, Rossiya imperiyasi
Vafoti 14-dekabr, 1995-yil (81 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent tibbiyot instituti
Ilmiy darajasi Tibbiyot fanlari doktori
Mukofotlari „Shon-sharaf belgisi“ ordeni

Sayfi Shamsiyevich Shamsiyev (1-dekabr, 1914-yil, NamanganOʻzSSR — 14-dekabr, 1995-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — pediatr, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1951), professor (1951), Toshkent tibbiyot institutining (hozirgi Toshkent tibbiyot instituti) pediatriya ftini tugatgach (1936), shu institut pediatriya kafedrasida aspirant (1936—1940), assistent (1941—1945), ToshTI bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri (1951—1972). 1972-yildan Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya instituti fakultet pediatriya kafedrasi mudiri. Ilmiy ishlari bolalarda nafas, yuraktomir va hazm aʼzolari kasalliklarini oʻrganishga bagʻishlangan.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1914-yil 1-dekabrda Namanganda tugʻilgan.

1931—1936-yillar oraligʻida Toshkent tibbiyot institutining pediatriya fakultetida tahsil oldi. 1936—1940-yillarda shu institutning aspirantura bosqichida o‘qigan. 1946—1950-yillarda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining Pediatriya ilmiy-tadqiqot institutida doktorantura bosqichida tahsil oldi.

1940—1972-yillar oraligʻida Toshkent tibbiyot instituti bolalar kasalliklari kafedrasi assistenti boʻlgan. 1951—1972-yillar oraligʻida esa bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1958—1961-yillar oraligʻida pedagoglik faoliyati bilan bir vaqtda pediatriya fakulteti dekani lavozimida ham maʼmuriy va ilmiy ishlar bilan shugʻullangan. 1968-yil Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi unvonini egallagan. 1972-yildan Oʻrta Osiyo tibbiyot pediatriya institutida (hozirgi Toshkent pediatriya tibbiyot instituti) bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi mudiri lavozimida dars berib kelgan[1][2].

Ilmiy-pedagogik faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shamsiyevning asosiy ilmiy-pedagogik faoliyati bronxopulmoner patologiya, pediatriya, yurak-qon tomir tizimi kasalliklari sohasidagi masalalar bilan bogʻliq edi. Shamsiev Butunittifoq bolalar shifokorlari ilmiy jamiyati Prezidiumi aʼzosi, 1962—1980-yillar oraligʻida Oʻzbekiston bolalar shifokorlari ilmiy jamiyati raisi boʻlgan.

1951-yilda u „Bolalarda digitalisdan foydalanish boʻyicha klinik va eksperimental materiallar“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi, 1952-yilda unga professor ilmiy unvoni berildi. 1974-yilda SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining muxbir aʼzosi etib saylandi. Shamsiyev rahbarligida bir yuz o‘ttizga yaqin ilmiy ishlar, jumladan, to‘qqiz monografiya yozildi. Katta tibbiyot ensiklopediyasi tahririyati „Pediatriya“ muharriri boʻlgan[3][4].

Shamsiyev 1995-yil 14-dekabrda 84 yoshida Toshkent shahrida vafot etgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. . 
  2. Национальная энциклопедия Узбекистана / Izdatelstvo GU „Uzbekskaya natsionalnaya ensiklopediya“: 2000. — T.9 — S.689
  3. . 
  4. Национальная энциклопедия Узбекистана / Izdatelstvo GU „Uzbekskaya natsionalnaya ensiklopediya“: 2000. — T.9 — S.689

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Osnovi klinicheskoy fonokardiografii u detey (v soavtorstve), T., 1976; Farmakoterapiya u detey, T., 1997.