Satlaj
Jump to navigation
Jump to search
Satlaj (quyi qismida Panjnad) — Pokiston, Hindiston va Xitoydagi dare, Hind daryosining eng katta (chap) irmogʻi. Uz. 1450 km, havzasining maydoni 395 ming km². Tibet togʻligidagi Kaylak tizmasidan boshlanadi. Himolay togʻlarining shim. etagidagi tor daralardan oʻtgach, Panjob tekisligidan oqadi. Yirik irmoklari: Bias va Chinob. Oʻrtacha suv sarfi Rupar sh. yaqinida 500 m³/sek., yoz oylarida 20 ming m³/sek.ga yetadi. Suv oqimini tartibga solish maqsadida toʻgʻonlar, togʻlardan tekislikka chiqqan qismida BhaqraNangal gidrotexnika kompleksi qurilgan. Daryo suvidan sugʻorishda foydalaniladi. Ayrim qismlarida kema qatnaydi. S boʻyida Nangal, Bahavalpur sh.lari joylashgan.[1]
Manbalar[tahrir]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |