Sarvepalli Radhakrishnan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Radhakrishnan Sarvapalli (1888.5.9, Andhra Pradesh shtati — 1975.17.4, Madras) — Hindiston vitse-prezidenti (1952—62), prezidenti (1962—67), faylasuf olim, davlat va siyosiy arbob, diplomat. Madras universitetida tahsil olgan. Maysur universitetida prof. (1918—26), Kalkutta universitetida falsafa kafedrasining mudiri (1921—31). Hindiston faylasuflar jamiyatining prezidenti (1927—50), Andhra (1931—36) va Banoras untlarida boshkansler (1939—40). UNESCOda Hindiston delegatsiyasining rahbari (1946 — 50), Hindistonning SSSRdagi elchisi (1949—52). Dehli universitetida kansler (1953—62), Oksford universitetida prof., Moskva davlat universitetida prof. (1956). Xalq ozodlik harakatida faol ishtirok etgan. Mahatma Gandi va Jawaharlal Neruning safdoshi. R. mustamlaka tizimini tugatishga daʼvat qilgan, harbiy uyushmalarni qoralagan, urushlardan voz kechishga chaqirgan. R. koʻplab falsafiy hamda adabiyot, taʼlim, tarix, siyosatga oid asarlar muallifi. R.ning 2 jilddan iborat "Hind falsafasi" asari rus tiliga tarjima qilingan[1].

Manbalar[tahrir]

  1. Indiyskaya filosofiya, t. 1—2, M., 1956-1957