Kalkutta universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kalkutta universiteti — Hindistondagi qadimgi va yirik universitetlardan biri. 1857 yil "Hindu kolledj" (1827) negizida tashkil etilgan. Ijtimoiy fanlar, tabiiy-mat. fanlari, tijorat, huquq, jurnalistika, ped., nafis sanʼat va musiqa, muhandislik, texnologiya, tibbiyot, qishloq xoʻjaligi va boshqa ixtisosliklar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Universitet va unga biriktirilgan kollej va maktablarda 230 mingdan ortiq talaba oʻqiydi. Universitet kutubxonasida 500 mingdan ortiq asar saqlanadi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil