Sara Forsberg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sara Forsberg

Forsberg 2016-yilda
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Sara Maria Forsberg
2-may 1994-yil (1994-05-02) (29 yosh)
Jakobstad, Finlandiya
Fuqaroligi Finlandiya bayrogʻi Finlandiya
Janr
Faoliyat yillari 2014 — hozirgacha
Veb-sayt http://www.helloimsaara.com

Sara Maria Forsberg (talaffuzi: Sara Mariya Forsberg; 1994-yil 2-mayda tugʻilgan), professional sifatida SAARA (yoki Smo, Smoukahontas, Smokahontas) taxallusi bilan tanilgan, fin qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi, YouTuberi va teleboshlovchisidir. Qoʻshiqchi sifatida Forsberg 2014-yilda Capitol Records bilan shartnoma imzoladi va 2015-yil aprel oyida oʻzining „Ur Cool“ debyut singlini chiqardi. Qoʻshiq Finlandiyada hitga aylandi. Forsberg 2016-yil boshida Capitol va uning prodyuseri bilan kelishmovchiliklardan keyin ketdi[1]. Shundan keyin Universal Music Group bilan hamkorlikda mustaqil xonanda sifatida qoʻshiq chiqarishni davom ettirdi. 2017-yil noyabr holatiga koʻra uning YouTube kanali milliondan ortiq obunachi va 100 milliondan ortiq tomoshaga ega[2].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Forsberg 1994-yil 2-mayda Finlandiyaning Jakobstad shahrida tugʻilgan. Uning otasi Shvetsiyada tugʻilgan[3][4][5]. Forsberg oʻzida DNK testini oʻtkazgan. Testning natijalari: 63,8% - Finlandiya, 28,7% - Skandinaviya, 5,5% - Markaziy Amerika va 2,0% - Sharqiy Yevropa[6]. Uning ona tili fin tilidir, garchi u hayotining dastlabki olti yilida asosan ingliz tilida gapirgan. Ota-onasining Baptist missionerlari sifatidagi faoliyati tufayli u bolaligida tez-tez davlatdan davlatga koʻchib oʻtdi, besh yil Texasda, bir yil Buyuk Britaniyada yashadi[7][8][9][10]. Forsberg bir necha yil Jakobstaddagi musiqa akademiyasida oʻqidi va keyinchalik qoʻshiqchilik faoliyatini boshlashdan oldin oshpazlikni oʻrgandi[11].

Ommaviy axborot vositalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Forsberg BBC Radio[12], Yle[13] va Sweden TVga intervyu berdi. Intervyuda u The Ellen DeGeneres Show prodyuseri u bilan bogʻlanganligini tasdiqladi[8]. 2014-yil 7-aprelda taxminan 180 soniya davomida Forsberg shu shouda mehmon boʻldi[14].

Boshqa loyihalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Forsberg 2015-yil may oyida oʻzining yangi kiyim-kechak liniyasi boʻlmish FRSBRGʼni eʼlon qildi va uni Finlandiya tomoshabinlariga oʻz mamlakatidan bir qator taniqli shaxslar bilan reklama qildi[15][16].

Diskografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Hello I'm Saara (2016)
  • Almost Acoustic (2018)

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
2014 The Ellen DeGeneres Show Oʻzi
Sara Goes LA Oʻzi Realiti-shou
2014, 2015 Posse Oʻzi Tolk-shou (1-, 2-mavsum)
2016 Talent Suomi Oʻzi Judge (5-mavsum)
Skiptrace Natalya Film
Star Trek Beyond Kalara (ovoz bergan) Film
2017 Kaikki Vastaan 1 Oʻzi Boshlovchi (1-mavsum, 10 ta qism)
2017-2018 Remotely Funny Oʻzi Boshlovchi (35 ta qism)

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Sara Forsberg jätti monikansallisen levy-yhtiönsä – inhosi ainoaa julkaisemaansa biisiä“ (fincha). Iltalehti.
  2. „SAARA“. YouTube. Qaraldi: 11-noyabr 2017-yil.
  3. „WHAT ETHNICITY AM I? (Taking a DNA test)“. Sara Forsberg (5-iyun 2018-yil). — „I'm only 63.8% Finnish? Well, actually, no, that makes sense because most of my dad's family is originally from Sweden.“.
  4. „Hon blev Youtubekändis över en natt“ (shvedcha). Vasabladet (7-mart 2014-yil). „Båda hennes föräldrar är finskspråkiga, även om pappan är född i Sverige. [Both her parents are Finnish-speaking, even though her father was born in Sweden.]“.
  5. „Äidin ääni saa minut rauhoittumaan (mother´s voice makes me peaceful)“ (fincha). Kodin Kuvalehti (11-iyul 2016-yil).
  6. Määttä. „Sara Forsberg teki DNA-testin - syy kauniisti ruskettuneeseen ihoon selvisi“ (fincha). Iltalehti (6-iyun 2018-yil). Qaraldi: 18-noyabr 2018-yil.
  7. „Kielinainen Sara Forsberg: "Sain itsevarmuutta, kun laihdutin 17 kiloa"“ (fincha). Me Naiset (20-mart 2014-yil).
  8. 8,0 8,1 Ellen DeGeneres wants the Finnish woman as her guest, YLE, Finland, 14 March 2014.
  9. „Kaikki haluavat Sara Marian“. Helsingin Sanomat (15-mart 2014-yil).
  10. „HELLO IM SAARA“. YouTube.
  11. „Official website“. helloimsaara.com. Saara.
  12. Interview on BBC Radio, 12 March 2014.
  13. Interview (Wayback Machine saytida 2014-10-21 sanasida arxivlangan) on Finnish public radio Yle, 14 March 2014.
  14. Sara Maria Forsberg (Smoukahontas) on Ellen DeGeneres Show YouTubeda
  15. „SAARA keräsi joukon tunnettuja näyttelijöitä mainostamaan vaatemallistoaan“ (fincha).
  16. „SAARA on Instagram: "our web shop is opening in Novemburrrr!! whos excited to get their own #FRSBRG sweatpants?? 😍 Also, this shot is crazyyy. 📷 @dennywdfl"“. Instagram.com. 2023-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]