Santino Quaranta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Santino Quaranta
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Santino Quaranta
Tavallud sanasi 14-oktyabr 1984-yil (1984-10-14) (39 yosh)
Tavallud joyi Baltimor, Maryland, AQSh
Boʻyi 6 ft 1 in (1.85 m)
Ampluasi yarim himoyachi, hujumchi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2001 IMG Soccer Academy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2006 D. C. United 62 (14)
2006—2007 Los Angeles Galaxy 18 (3)
2007 New York Red Bulls 3 (0)
2008—2011 D. C. United 97 (11)
Milliy terma jamoa
2001 AQSh U17 3 (0)
2003 AQSh U20 4 (0)
2005—2009 AQSh 15 (1)
Boshqargan klublari
2014—2016 Baltimore Bohemians
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2011-yil 30-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2010-yil 1-aprel uchun)

Santino Quaranta (talaffuzi: Santino Kuaranta; 1984-yil 14-oktabrda Baltimorda (AQSh) tugʻilgan) — amerikalik futbolchi. „DC United“ futbol klubi va AQSh terma jamoasida oʻynagan.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Quaranta futbolchilik faoliyatini arxiyepiskop Kerli maktabi futbol jamoasida o‘ynashdan boshlagan. Oʻqishni tugatgach, u „IMG“ futbol Akademiyasi va AQSh oʻsmirlar terma jamoasida oʻynagan.

2001-yilda Santino MLSdagi „DC United“ futbol klubi tomonidan sotib olingan. Quaranta 16 yoshida klubda debyut qilgan va Ligada maydonga tushgan eng yosh futbolchiga aylangan, keyinchalik bu rekorddan Freddy Adu oshib ketgan. Yorqin debyutiga qaramay, u „DC United“ futbol klubidagi butun davri davomida jarohatlar bilan qiynalgan. 2004-yilda Santino MLS kubogini qoʻlga kiritgan. 2005-yilda Quaranta jamoa safiga qaytgan va 18 ta oʻyinda 5 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

2006-yilning avgustida u „Los Angeles Galaxy“ futbol klubiga oʻtgan. „Houston Dynamo“ futbol klubiga qarshi birinchi oʻyinida Quaranta gol urgan. Bir yil oʻtgach, Santino yana jamoalarini oʻzgartirgan va „New York Red Bulls“ futbol klubi oʻyinchisiga aylangan. Yangi klubida u bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan va mavsum oxirida yuqori raqobat tufayli jamoani tark etgan.

2008-yilda Caranta „DC United“ futbol klubiga qaytib kelgan, oʻsha yili u klubga Lamar Hunt kubogini yutib olishga yordam bergan. 2011-yilgi mavsum tugaganidan keyin Santino shartnomani uzaytirish taklifini olmagan va faoliyatini yakunlashga qaror qilgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2005-yil 7-iyul kuni Kubaga qarshi CONCACAF oltin kubogi bahsida Quaranta AQSh terma jamoasi safida debyut qilgan[1]. Turnirda Panama, Yamayka terma jamoalariga qarshi bahslarda ham oʻynagan va kubokni qoʻlga kiritgan[2][3]. 2009-yilda Santino ikkinchi marta oltin kubokda ishtirok etgan. U Gonduras terma jamoasiga qarshi ikkita oʻyinda maydonga tushgan[4][5]. Oʻyinlardan birida futbolchi milliy terma jamoa safida Meksika va Gaiti jamoalariga qarshi oʻyinlarda birinchi golini urgan[6][7]. Bu musobaqada Quaranta kumush medal sohibiga aylangan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mamlakat Mavsum
1 D.C. United AQSH bayrogʻi AQSh 20012005
2 Los Angeles Galaxy AQSH bayrogʻi AQSh 20062007
3 New York Red Bulls AQSH bayrogʻi AQSh 2007
4 D.C. United AQSH bayrogʻi AQSh 20082011

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Куба VS. США 1:4“ (ru). soccerway.com (2005-yil 7-iyul). 2016-yil 15-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.
  2. „США VS. Панама 0:0“ (ru). soccerway.com (2005-yil 24-iyul). 2018-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.
  3. „США VS. Ямайка 3:1“ (ru). soccerway.com (2005-yil 16-iyul). 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.
  4. „США VS. Гондурас 2:0“ (ru). soccerway.com (2009-yil 9-iyul). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.
  5. „Гондурас VS. США 0:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 24-iyul). 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.
  6. „США VS. Мексика 0:5“ (ru). soccerway.com (2009-yil 26-iyul). 2013-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.
  7. „США VS. Гаити 2:2“ (ru). soccerway.com (2009-yil 12-iyul). 2013-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.