San-Marino iqtisodiyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
San-Marinoning iqtisodiyoti
Valyutasi Yevro
Statistikalar
YaIM 0,36 mlrd
Jon boshiga YaIM
13333
2,6%
Ishchi kuchi
Bank ishi, turizm, elektronika sanoati, vinochilik

Barcha qiymatlar, agar boshqacha koʻrsatilmagan boʻlsa, AQSh dollarida keltirilgan.

Dunyodagi eng kichik davlatlardan biri hisoblanuvchi San-Marino iqtisodiyotida umumiy yalpi ichki mahsulotning 36,4% ini (2008-yil holatiga koʻra) ishlab chiqarish sektori tashkil etadi. Shuningdek bank va sugʻurta sektori 18,6% ni, davlat boshqaruvi sektori – 14,3% ni, savdo – 8,6% ni, xizmat koʻrsatish sohasi – 11,3% ni; qurilish – 5.5% ni tashkil etadi.

Sanoatning asosiy tarmoqlari – bank, turizm, elektronika sanoati va vinochilikdan iborat. Muhim daromad manbai pochta markalari va suvenirlar ishlab chiqarishdir (markalarni sotishdan tushgan daromad YaIMga nisbatan 10% ni tashkil etadi).

Aholining asosiy 52% xizmat koʻrsatish sohasida ishlaydi, qolgan 41% sanoatda va 7% qismi – qishloq xoʻjaligida asosan faoliyat olib boradi.

San-Marinoda foydali qazilma konlari yoʻq, elektr energiyasi Italiya tomonidan taʼminlanadi. San-Marino va Italiya oʻrtasida avtomobil va temir yoʻl aloqalari mavjud. San-Marino Italiya bilan bojxona va pochta ittifoqiga aʼzo hisoblanadi, shu sababli ham Italiya har yili San-Marinoga bojxona toʻlovlari, radio va televidenie markazlari, qimor oʻyinlari va boshqalar bilan bogʻliq daromadli sohalarni rad etish uchun tovon puli toʻlaydi.

Hozirda San-Marino xalqaro tashkilotlar, xususan, Yevropa Kengashi va Yevropa Ittifoqi bilan jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda faol hamkorlik ishlarini olib bormoqda. Shu tufayli, San-Marino 2014-yilda Italiyaning soliq qoidalarini buzish boʻyicha muammoli davlatlar qora roʻyxatidan, 2017-yilda esa Ecofin roʻyxatidan chiqarib yuborildi[1][2].

Mamlakatning pul birligi yevro boʻlib, San-Marino banknotlarni chiqarish huquqiga ega emas, chunki u Yevropa Ittifoqiga aʼzo emas, lekin u tanga chiqarishi huquqiga ega.

2003-yilda yalpi ichki mahsulot mutlaq qiymatda 0,36 mlrd dollarni, aholi jon boshiga 13333 dollarni tashkil etdi. Kichik davlat boʻlishiga qarmay inflyatsiya oʻrtacha darajada saqlanib qolmoqda (2,6%).

Qishloq xoʻjaligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uzoq vaqtdan beri San-Marino iqtisodiyotining asosiy tarmogʻi boʻlgan San-Marino qishloq xoʻjaligi hozirda qoʻychilik, gʻalla yetishtirish, uzumchilik va vinochilik bilan bogʻliq hisoblanadi[3].

San-Marinoda qishloq xoʻjaligi (bugʻdoy, makkajoʻxori, arpa, zaytun), bogʻdorchilik (kashtan va janubiy mevalar); goʻsht va sut chorvachiligi, choʻchqachilik; ipakchilik, asalarichilik asosan rivojlangan.

Sanoati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya mashinasozlik kompaniylarining filiallari va firmalar, toʻqimachilik, sement, qogʻoz, charm, metallga ishlov berish, kimyo sanoati va boshqa Italiya korxonalari San-Marinoda joylashgan.

Mamlakata asosan: shisha, mayolika, metall, keramika, chinni va mebeldan hunarmandchilik maxsulotlari ishlab chiqariladi.

Turizmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hududga tashrif buyuruvchilar turizmi mamlakat iqtisodiyotida muhim rol oʻynaydi (turizm davlat daromadining 60% dan ortigʻini tashkil qiladi). Har yili mamlakatga 3 million sayyoh tashrif buyuradi[3].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Italiya iqtisodiyoti
  • Italiya sanoati

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]