Kontent qismiga oʻtish

Salma Agha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Salma Agha
Tavalludi 25-oktyabr 1956-yil (1956-10-25) (67 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Xonanda, Aktrisa, Produser
Turmush oʻrtogʻi
Rahmat Khan
(turm. 1989; ajr. 2010)
Bolalari 2 nafar:
Ali Agha Khan (oʻgʻli)
Zara Khan (qizi)

Salma Agha (urdu: سلما آغا; Karachi, 25-oktabr, 1956-yil, Sindh, Pokistonda tugʻilgan) — 1980-yillar va 1990-yillarning boshlarida Pokiston va Hindiston filmlarida faoliyat yuritgan britaniyalik qo'shiqchi va aktrisa.

Salma Karachi shahrida tugʻilgan hamda Londonda oʻsib ulgʻaygan. Aktrisaga ushbu shaharda hind rejissorlaridan bir nechta filmlar uchun takliflar kelib tushgan. Uning birinchi filmi Nikaah (1982) romantik kartinasi boʻlib, aktrisa ushbu filmda ayol bosh rolni ijro etgan va filmning bir nechta qoʻshiqlarini oʻzi kuylagan.

U oʻsha yili Filmfare mukofotigaEng yaxshi ayol roli“ va "Eng yaxshi ayol qoʻshiqchi " nominatsiyasi uchun nomzod boʻlgan. Aynan ushbu filmdagi qoʻshigʻi uchun Salma Filmfare eng yaxshi ayol ijrosi mukofotini qoʻlga kiritdi. U, shuningdek, Mithun Chakraborty ishtirok etgan Kasam Paida Karne Wale Ki (1984) filmidagi roli va oʻsha filmdagi „Come Closer“ qoʻshigʻi bilan tanilgan[1].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Salma Agha Pokistonning Sindh viloyati Karachi shahrida Liaqat Gul Agha va uning rafiqasi Nasreen Agha oilasida tugʻilib oʻsgan. Liaqat Gul Agha gilam sotuvchi savdogar boʻlib, Sharqiy Panjob shtatining Amritsar shahrida joylashgan urdu tilida soʻzlashuvchi Pathan musulmon oilasiga mansub edi. U oʻzining „Aagha“ familiyasining kelib chiqishini shunday izohlaydi: „Otam (Liaqat Gul Tajik) Eronda qimmatbaho toshlar va antiqa buyumlar bilan savdo qilardi. U yerda unga Aagha unvoni berishgan, yaʼni, obroʻli tadbirkorga berilgan ritsarlik unvoni“.

Uning onasi Nasreen (tugʻilgan paytda: Zarina Ghaznavi) pushtun musiqachisi Rafiq Ghaznavi va uning rafiqasi Anwari Bai Begumning qizi boʻlib, u hind kinosining ilk aktrisalaridan biri sifatida Heer Ranjha (1932) filmida bosh rol oʻynagan.

Anwari va Rafiq Ghaznavi Nasrin tugʻilgandan keyin ajralishadi. Keyin Anwari hindistonlik Jugal Kishore Mehra ismli boy hind tadbirkoriga turmushga chiqadi va uning eri Islomni qabul qilib, Ahmad Salmon ismini oladi[2][3]. Jugal Kishore Mehra Bollywood aktyorlari Raj Kapoor, Shammi Kapoor va Shashi Kapoorning birinchi amakivachchasi edi, chunki ularning onasi Ramsarni Kapur (nisi Mehra) otasining singlisi boʻlgan[4][5].

Salma Agha looks directly to the camera
Agha 2010-yilda Dadasaheb Phalke mukofoti taqdirlash marosimida

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Year Title Role Notes
1982 Nikaah Nilofar Gʻalaba—Filmfare Award for Best Female Playback Singer

Nominatsiya—Filmfare Award for Best Actress
1984 Kasam Paida Karne Wale Ki Leena Nominatsiya—Filmfare Award for Best Female Playback Singer
1985 Salma Salma Banarasi
1985 Oonche Log Poonam Singh
1986 Bhabi Dian Choorian Aamna
1988 Jungle Ki Beti Bela
1988 Paanch Fauladi Julie
1988 Mahaveera Donʼs dancer
1988 Kanwarlal Item girl
1990 Pati Patni Aur Tawaif Gauri
1991 Meet Mere Man Ke Jyoti
1991 Cobra Panjob tilida, Pokiston filmi
1992 Jethaa
1996 Gehra Raaz Vasundhara
2010 Bachao — Inside Bhoot Hai…
2016 Hijrat Feriha Pakistani film

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ashula Film Ijrochi (lar)
"Dil Ke Armaan" Nikaah Yakka
"Dil Ki Yeh Arzoo Thi" Nikaah Mahendra Kapoor
"Chehra Chupa Liya Hai" Nikaah Asha Bhosle, Mahendra Kapoor
"Faza Bhi Hai Jawaan Jawaan" Nikaah Yakka
"Zara Zara Tu Pyaar kar" Maine Jeena Seekh Liya Salma Agha
"Maa hoon na Suhagan hoon" Kanoon Meri Mutthi Mein Salma Agha
"Tu Mera Kya Lage" Oonche Log Kishore Kumar
"Shah-E-Madina" Salma Yakka
"Tarasti Hain Deedar Ko" Salma Anwar
"Zindagi Tere Dar Pe" Salma Yakka
"Kehna Na Tum Yeh Kisise" Pati Patni Aur Tawaif Mohammed Aziz
"Mujhe Log Kehte Hain" Pati Patni Aur Tawaif Yakka
"Teri Mohhabbat Meri Jawani" Pati Patni Aur Tawaif Mohammed Aziz
"Mera Naam Salma" Aap Ke Saath Yakka
"Chumma Chumma" Pataal Bhairavi Solo
"Ae Mere Mehboob" Salma Shabbir Kumar
"Kaahe Baithe Ho" Salma Penaz Masani
"Come Closer" Kasam Paida Karne Wale Ki Solo
"Dance Dance" Kasam Paida Karne Wale Ki Bappi Lahiri
"Jeena Bhi Kya Hai Jeena" Kasam Paida Karne Wale Ki Bappi Lahiri
"Pyar Ek Nasha Hai" Kanwarlal Solo
"Pehla Pehla Pyaar Na Bhoole" Mazdoor Solo
"Aaina Haseen Hua Hai" Dunno Y2… Life Is A Moment Solo
" Meet mere Man ke (Title Track)" Meet Mere Man ke 1991 Solo
"Chale Aao" Meet Mere Man ke 1991 Salma Agha & Manhar Udas
"Shama Hoon Main Jalna" Meet Mere Man ke 1991 Salma Agha (Solo)
"Jahan Aaj Hum Mile Hain" Bobby 1984 (Urdu) Salma Agha (Solo)
"Ek Baar Milo Humse" Bobby 1984 (Urdu) Salma Agha (Solo & Sajjad Ali)
  1. „Salma Agha to get Overseas Citizen of India card“.
  2. Tribune.com.pk. „Salma Agha: Of better days and celluloid“ (inglizcha). The Express Tribune (30-sentabr 2016-yil). Qaraldi: 14-may 2019-yil.
  3. „Then and Now: 'Nikaah' actress Salma Agha - Bollywood celebs: Then and now“. The Times of India. Qaraldi: 14-may 2019-yil.
  4. „Kareena Kapoor, Ranbir Kapoor to root for cousin Sasha Agha's Aurangzeb“. daily.bhaskar.com. Qaraldi: 18-iyun 2018-yil.
  5. „Star of The Week-Kareena Kapoor“. Rediff.com (30-oktabr 2002-yil). Qaraldi: 18-iyun 2018-yil.