Sahar (guruh)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sahar
Anvar.jpg
Guruh vokalchisi Anvar Joʻrayev
Kelib chiqishiOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
MamlakatOʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qozogʻiston bayrogʻi Qozogʻiston
Faoliyat1999-bugun
JanrPop-rock
LeyblTarona Records
Mustaqil
Tarkib
Sobiq aʼzolar
  • Bobur Haydarov
  • Igor Melexin
  • Aziz Shakarov
  • Aleksandr Melexin
  • Eldar Baymurzin
  • Timur Talipov
  • Komil Bozorov
  • Husniddin Fayziyev
  • Vladimir Badirov

Sahar“ — Oʻzbekistonda tuzilgan, hozirgi kunda asosan Qozogʻistonda faoliyat koʻrsatuvchi pop-rock musiqiy guruh. Guruh 2000-yillarning boshlarida Oʻzbekistonda shuhrat qozongan. Ayni damda „Sahar“ guruhining toʻrt aʼzosi bor: Anvar Joʻrayev (vokal), Damir Kudyakov (bas gitara), Azim Abdullayev (klavishli musiqa cholgʻulari) va Kirill Ivanov (barabanlar).

Shu kungacha guruh uch albom chiqargan: „Oʻsha sizmi?“ (2001), „Orzu“ (2003) hamda „Albom №3“ (2009).

2004-yil „Sahar“ Qozogʻistonning Olmaota shahrida ijod qila boshladi. Buning natijasida guruh oʻzbek tinglovchilari nazaridan uzoqlashdi. Saharning „Yomgʻir“, „Fasl“ kabi qoʻshiqlari hali ham oʻzbek rock ishqibozlari orasida mashhur.

Tarixi[tahrir]

„Sahar“ guruhiga 1999-yil Anvar Joʻrayev asos solgan.[1] 2001-yil guruh oʻzining ilk studiyaviy albomi – „Oʻsha sizmi?“ albomini chiqargan. 2003-yil guruhning ikkinchi albomi, yaʼni „Orzu“ albomi eʼlon qilingan.

2004-yil guruh Qozogʻistonning Olmaota shahriga koʻchib oʻtdi. 2009-yil „Sahar“ning uchinchi albommi – „Albom №3“ sotuvga chiqariladi. Guruhning ilk ikki albomiga asosan oʻzbek tilidagi qoʻshiqlar kiritilgan boʻlsa, uchinchi albom asosan rus tilidagi ashulalardan iboratdir.

Mukofotlari[tahrir]

2002-yil „Sahar“ guruhi zamonaviy estrada janrida faoliyat koʻrsatuvchi eng yaxshi guruh deb topilib, „Tarona“ mukofotini olgan. Oʻsha yili guruh Oʻzbekistonda zamonaviy sanʼat rivojlanishiga qoʻshgan hissasi uchun „Nihol“ mukofotiga sazovor boʻlgan.[1]

Tarkibi[tahrir]

Diskografiyasi[tahrir]

Yil Albom
2001 „Oʻsha sizmi?“
2003 „Orzu“
2009 „Albom №3“

Kliplari[tahrir]

Yil Qoʻshiq Rejissor
2000 „Yomgʻir“ Bahodir Yoʻldoshev
2002 „Meni izlama“ Iskandar
2008 „Девочка“ Umid Normurodov
„Дождь разлуки“ (Dilnaz Axmadiyeva bilan) Aleksey Golubev
„Я устал“ Umid Normurodov
2009 „Берега“ Andrey Sobolev[2]
2016 „Жаңбыр“
„Yomgʻir“ (Koʻk choy va Slan bilan)

Manbalar[tahrir]

  1. 1,0 1,1 „Sahar“ guruhi biografiyasi. Sahar.kz (ruscha). 07.02.2016.
  2. „Sahar“ guruhi muxlislariga yangi klip sovgʻa qiladi. Salon.kz (ruscha). 07.02.2016.

Havolalar[tahrir]

Sahar
Diskografiya
Studiyaviy albomlar: Oʻsha sizmi? | Orzu | Albom №3