Ibadan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IbadanNigeriyaning jan.gʻarbidagi shahar, Oyo shtatining maʼmuriy markazi. Temir yoʻl va shosse yoʻllari tuguni. Aholisi 1,3 mln. kishidan ziyod (1990-yillar oʻrtalari). Q. h. rayonining (kakao va b.) muhim savdo markazi. Oziqovqat, yogʻochsozlik, kimyo, avtomobil sanoati korxonalari bor. Plastmassa va rezina buyumlari ishlab chiqariladi. Hunarmandchilikda toʻqish, boʻyash va metall buyumlar tayyorlashning markazi. Un-t, Nigeriya geografiya jamiyati bor. I. ga 18-asr oxirida asos solingan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil