S dnyom rojdeniya, Vika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„S dnyom rojdeniya, Vika“
„Korni“ qoʻshigʻi
„Na veka“ albomidan
Chiqarilgan sanasi 2003
Yozib olingan 2003
Janr pop-rok
Davomiyligi 3:08
Matn muallif(lar)i Aleksandr Astashyonok
Bastakor(lar) Aleksandr Astashyonok
„Na veka“ xronologiyasi
„Na veka“ S dnyom rojdeniya, Vika „Plakala beryoza (remix)“
Klipi
„S dnyom rojdeniya, Vika“ YouTubeda

S dnyom rojdeniya, Vika“ (ruscha: С днём рождения, Вика, yaʼni „Tugʻilgan kuning bilan, Vika“) — „Korni“ rus musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2003-yil eʼlon qilingan „Na veka“ nomli ilk studiyaviy albomiga oʻn beshinchi trek oʻlaroq kiritilgan. 2004-yil albomning toʻrtinchi va yakuniy singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq kuyini ham, soʻzini ham guruh aʼzosi Aleksandr Astashyonok yozgan[1]. Rejissyor Roman Prigunov qoʻshiq uchun klip suratga olgan. „Na veka“ albomiga „S dnyom rojdeniya, Vika“ qoʻshigʻining remiksi bonus trek oʻlaroq kiritilgan.

Astashyonokning sobiq qiz doʻsti, aktrisa va xonanda Anastasiya Tyufyakinaning soʻzlariga koʻra, Astashyonok „S dnyom rojdeniya, Vika“ qoʻshigʻini dastlab unga atab yozgan va boshida unda „Vika“ soʻzi boʻlmagan[2]. Astashyok keyinchalik „Korni“ guruhining konsertlar boʻyicha direktori Yelena Vengrjinovskayaga uylangan. Juftlikning qizi tugʻlishidan bir oy oldin „S dnyom rojdeniya, Vika“ qoʻshigʻi xitga aylangan. Shuning uchun juftlik qizlariga Vika ismini qoʻyishgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Шарловская, Лилия „“Корни” разбежались“ (ruscha). Московский Комсомолец (2-iyul 2010-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2022-yil.
  2. Попов, Денис „Песню про Вику «корень» Асташенок посвятил Насте“ (ruscha). Экспресс газета (30-avgust 2020-yil). Qaraldi: 7-noyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]