Kontent qismiga oʻtish

Rıza Çalımbay

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rıza Çalımbay
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rıza Çalımbay
Tavallud sanasi 2-fevral 1963-yil (1963-02-02) (61 yosh)
Tavallud joyi Sivas, Turkiya
Boʻyi 1.72 m (5 ft 7 12 in)
Ampluasi Vinger
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Sivasspor (Murabbiy)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1980—1996 Beşiktaş 494 (43)
Milliy terma jamoa
1980—1981 Turkiya U18 6 (0)
1981—1984 Turkiya U21 8 (0)
1981—1992 Turkiya 38 (1)
Boshqargan klublari
2001 Göztepe
2002—2003 Denizlispor
2003—2004 MKE Ankaragücü
2004—2005 Çaykur Rizespor
2005 Beşiktaş
2005—2006 Ankaraspor
2007 Çaykur Rizespor
2008—2010 Eskişehirspor
2010—2013 Sivasspor
2013—2014 Çaykur Rizespor
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rıza Çalımbay (talaffuzi: Riza Chalimbay) (1963-yil 2-fevralda tugʻilgan) — UEFA Pro litsenziyasiga ega turk futbol murabbiyi va sobiq futbolchisi, hozirda „Sivasspor“ bosh murabbiyi. U Beshiktoshning ramziy nomlaridan biri boʻlgan va oʻz davrining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri edi. Qatʼiyati va mehnatsevarligi tufayli unga Atom chumoli (turkcha „Atom Karınca“) laqabini berishgan[1].

Oʻyinchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiyaning Sivas shahrida tugʻilgan Çalımbay futbolni Beshiktosh akademiyasida boshlagan. U 1980\1981-yilgi mavsumda Beshiktoshning asosiy jamoasida debyut qilgan. 1995\1996-yilgi mavsumda nafaqaga chiqqunga qadar u faqat Beshiktosh va Turkiya milliy futbol jamoasida oʻynagan, garchi u UNICEFning jahon jamoasida Germaniyaga qarshi oʻynagan va Marsel kabi koʻplab klublarning eʼtiborini tortgan boʻlsada, lekin Çalımbay Beshiktoshni tark etmagan. U „Beshiktosh“ safida 494 ta oʻyin oʻtkazgan va 43 ta gol urgan. U Beshiktosh uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekordchi hisoblanadi. U jamoa sardori boʻlgan. Turkiya terma jamoasida ham 38 marta maydonga tushgan[2].

Murabbiylik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Çalımbay Angliyada murabbiylik kurslarida oʻqigan. 2001-yilda u „Beshiktosh“da Kristof Daumning yordamchisi boʻlgan, biroq qisqa vaqtdan soʻng isteʼfoga chiqgan va „Göztepe“, „Denizlispor“ hamda „Chaykur Rizespor“ klublarini boshqargan. U, ayniqsa, „Denizlispor“da muvaffaqiyat qozongan va 2002\2003-yilgi UEFA kubogi mavsumida Sparta Praga va Pol Le Guenning kuchli „Olimpique Lyon“ kabi jamoalarni magʻlub etib, jamoani keyingi bosqichga olib chiqgan. Joze Mourino boshchiligidagi „Portu“ jamoasi umumiy hisobda 8:3 natijasi bilan jamoani parchalab tashlagach „Denizlispor“ va „ Çalımbay“ning UEFA kubogi orzulariga barham berilgan. 2004\05-yilgi mavsumda u Visente Del Boske ishdan boʻshatilgandan soʻng Beshiktosh bosh murabbiyi boʻlgan. Oʻsha mavsumda „Beshiktosh“ juda yomon natijalar koʻrsatgan. Ammo Çalımbay nazoratni qoʻlga kiritgach, jamoa juda yaxshi oʻyin koʻrsata boshlagan. Çalımbay tizimni yana 3-5-2 sxemasiga oʻzgartirgan va yaxshi futbol oʻynay boshlagan, shuningdek, Shukru Sarachogʻli stadionida raqibi Fenerbahche ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozongan. Ammo 2005\2006-yilgi mavsumida Beshiktosh yana yomon oʻynagan, 2005\2006-yilgi UEFA kubogida FC Vaduz va Malmyo FF ustidan gʻalaba qozonganiga qaramay, Fenerbahcheni oʻz uyida 1:2 hisobida magʻlub etgan boʻlsa-da, murabbiy taqdiri soʻroq ostida qolgan. Çalımbay 9-haftada Kayserispor bilan 0:0 hisobidagi durangdan soʻng isteʼfoga chiqgan. Jan Tigana undan keyin „Beshiktosh“ni boshqargan. Çalımbay keyinchalik „Ankaraspor“ni boshqargan, biroq bir necha oʻyindan soʻng isteʼfoga chiqqan. Çalımbay yana Chaykur Rizespor bilan 1,5 yillik shartnoma imzolagan, garchi u xorijda Eron va Germaniyada murabbiylik qilish imkoniyatiga ega boʻlsa-da, lChaykur Rizesporni tanlagan. Keyin esa mos ravishda Eskishehirspor, Sivasspor, Chaykur Rizespor, Mersin İdmanyurdu va Kasımpasha klublarini boshqargan. 2016-yilning 10-oktyabrida u „Antalyaspor“ bilan 2 yillik shartnoma imzolagan[3][4].

Çalımbay 2019-yilda ikkinchi marta „Sivasspor“ bosh murabbiyi etib tayinlangan. U klubga 2021\2022-yilgi Turkiya kubogini yutishiga yordam bergan, bu klub tarixidagi birinchi katta unvon edi[5].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Yevropa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Beşiktaş 1980—1981 13 0 4 0 - 17 0
1981—1982 32 1 8 0 - 40 1
1982—1983 34 1 10 0 2 0 46 2
1983—1984 31 0 13 0 - 44 0
1984—1985 32 2 11 1 1 0 44 3
1985—1986 36 9 10 1 - 46 10
1986—1987 36 10 5 3 4 1 45 14
1987—1988 36 6 7 0 2 0 45 6
1988—1989 33 3 12 1 2 0 47 4
1989—1990 34 3 5 1 2 0 42 4
1990—1991 30 5 5 0 2 0 37 5
1991—1992 30 1 6 0 2 0 38 1
1992—1993 29 0 9 2 2 0 40 2
1993—1994 29 1 9 0 4 0 42 1
1994—1995 32 1 4 0 4 0 40 1
1995—1996 27 0 4 0 2 0 33 0
Karyerada jami 494 43 122 9 29 4 645 53
Turkiya
Yil Oʻyin Gol
1981 1 0
1982 3 0
1983 3 0
1984 1 0
1985 1 0
1987 5 0
1989 2 0
1990 5 0
1991 10 1
1992 7 0
Jami 38 1

Beshiktosh

  • 1. Liga : 1981—1982, 1985—1986, 1989—1990, 1990—1991, 1991—1992, 1994—1995
  • Turkiya kubogi : 1988—1989, 1989—1990, 1993—1994
  • Turkiya Superkubogi : 1986, 1989, 1992, 1994
  • Kansler kubogi : 1988 yil
  • TSYD kubogi : 1983, 1984, 1988, 1989, 1990, 1993, 1996

Shaxsiy yutuqlar

  • Beshiktoshning asr jamoasi[6]

Natijalar

  • „Beshiktosh“ Super Ligadagi barcha vaqtlardagi eng koʻp oʻyin oʻtkazgan futbolchi: 494 oʻyin

Sivasspor

  • Turkiya kubogi: 2021—2022[7]
  1. „Türkiye'deki ilk UEFA Pro-Lisans Güncelleme kursu başladı“. Turkish Football Association (25-dekabr 2009-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2021-yil.
  2. „Biyografi“ (tr). bjk.com.tr (2016-yil 10-avgust). Qaraldi: 7-may 2017-yil.
  3. „Antalyasporumuz Rıza Çalımbay'a Emanet“ (turkcha). antalyaspor.com.tr (10-oktabr 2016-yil). 2019-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-may 2017-yil.
  4. „Çalımbay imzayı attı“ (turkcha). mackolik.com (10-oktabr 2016-yil). Qaraldi: 7-may 2017-yil.
  5. „Sivasspor Teknik Direktörü Rıza Çalımbay Ziraat Türkiye Kupası şampiyonluğunu değerlendirdi“. Fotomaç.
  6. „İşte Beşiktaş'ta yüzyılın 11'i...“. Milliyet.
  7. „Sivasspor Teknik Direktörü Rıza Çalımbay Ziraat Türkiye Kupası şampiyonluğunu değerlendirdi“. Fotomaç.