Kontent qismiga oʻtish

Ruxli oʻgʻitlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ruxli oʻgʻitlar — tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan rux boʻlgan mineral yoki organikmineral makrooʻgitlar. Ruxli oʻgʻitlar sifatida rux sulfat, ruxli polimikrooʻgʻit (PMU7), ruxli kukun hamda tarkibida oʻsimliklar oʻzlashtira oladigan rux boʻlgan sanoat chiqindilari qoʻllanadi. Urugʻlikni dorilashda va ekinlarni bargi orqali oziqlantirishda rux sulfatning 0,05—0,1% li eritmasi ishlatiladi. Ruxli polimikrooʻgʻitlar (PMU7) tarkibida 20—25% rux, 1% MgO, 0,4% MnO, 13% CuO va boshqa elementlar boʻladi. Urugʻlikni dorilash hamda mevali ekin maydonlariga gektariga 3–5 kg hisobida solish uchun qoʻllanadi. Ruxli kukun chigit va makkajoʻxori doniga 200 g/s, qand lavlagi urugʻiga 500 g/s, bodring va poliz ekinlari urugʻiga 200 g/kg hisobida ekish oldidan ishlov berishda qoʻllanadi.

Tuproqning harakatchan rux bilan taʼminlanishini hisobga olgan holda ruxli oʻgʻitlar qoʻllash qoʻshimcha hosilni taʼminlaydi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil