Rustam Karimjonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Karimjonov Rustam Olimjon oʻgʻli
Tavalludi 10-dekabr 1987-yil (1987-12-10) (36 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Mukofotlari

Karimjonov Rustam Olimjon oʻgʻli (1987-yil 10-dekabr, Qirgʻiziston Respublikasi) — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari[1][2][3][4], Xalqaro AACSB – Association to Advance Collegiate Schools of Business (AACSB – Universitet biznes maktablarini rivojlantirish assotsiatsiyasi) — maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning eng nufuzli yetakchi lideri sifatida eʼtirof etilgan[5][6], «Oʻzbekiston belgisi» koʻkrak nishoni sohibi.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2005-2009-yy. — Toshkent avtomobil yoʻllar instituti talabasi.
  • 2009-2011-yy. — Koreya Respublikasi Xalqaro Solbridj universiteti magistri.
  • 2012-2012-yy. — «General Motors Powertrain Uzbekistan» AJ Kadrlar xizmati departamenti Kadrlarni tanlash va malakasini oshirish boʻlimi kadrlarni baholash boʻyicha mutaxassisi;
  • 2012-2015-yy. — «General Motors Powertrain Uzbekistan» AJ Xaridlarning global zanjiri departamenti Qurilish materiallari, ishlab chiqarish materiallari, mashinalari va uskunalarini xarid qilish boʻlimi xaridlar boʻyicha mutaxassisi;
  • 2015-2016-yy. — «General Motors Powertrain Uzbekistan» AJ Moliya ishlari departamenti Moliyaviy rejalashtirish va tahlil boʻlimi mutaxassisi;
  • 2016-2017-yy. — «Keep Business Solutions» Masʼuliyati cheklangan jamiyati Moliya boʻlimi boshligʻi;
  • 2016-2017-yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni strategik rejalashtirish va axborot texnologiyalarining konvergensiyasi boʻlimi boshligʻi;
  • 2017-2018-yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi strategik rejalashtirish boshqarma boshligʻi;
  • 2018-2018-yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Taʼlim sohasida islohotlarni strategik tahlil va huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi;
  • 2018-2019-yy. — “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi direktori;
  • 2019-2020-yy. — “Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” davlat unitar korxonasi bosh direktori;
  • 2020-2023-yy. — Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari[7];
  • 2023 y. — h.v. — Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, ikki nafar farzandi bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]