Buxoro qasidasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rudakiy ''Buxoro'' qasidasidan yoʻnaltirildi)
Rudakiy Abu Abdulla Jaʼfar
Asl ismi Rudakiy Abu Abdullah
Tavalludi 858
Vafoti 941
Taxallusi Rudakiy
Kasbi Nasr Ibn Ahmad saroyida xizmat qilgan
Yoʻnalish Nazm
Janr Gʻazal, ruboiy, qasida, madhiya, marsiya

„Buxoro“ qasidasi– Buxoro haqidagi birinchi poetik asar. Qasida muallifi Rudakiy

Yaratilish tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qasida yaratilish tarixi bir qator munozaralarga sabab boʻlib kelmoqda. Bunga asosiy sabab turli manbalarda turlicha maʼlumotlarning berib oʻtilishidadir.Chunonchi,eron adabiyotshunosi Juzjoniy Abu Umar Minxojiddin Usmon ibn Sirojiddin oʻzining „Tabaqoti Nosiriy“ asarida Abdurahmon Jomiy qalamiga mansub Bahoriston asaridagi qisqa ma'lumotga asoslanib qasidani shoir Muizziyga nisbat beradi[1]. Biroq Jomiy oʻz asarida Nasr ibn Ahmad Sominiyning Rudakiy qasidasi taʼsirida Buxoroga qaytishiga oʻxshash hodisa Sulton Sanjar va shoir Muizziy munosabatlarida ham sodir boʻlganligiga ishora qiladi. Qasida haqida toʻliq maʼlumot shoir vafotidan ikki asr oʻtib Nizomiy Aruziy Ibn Samarqandiyning 1156-1157-yillarda yozilgan „Majma un-navodir“ („Chahor maqola“) asarida keltirilgan.Ushbu maʼlumotlarga tayangan holdaDavlatshoh Samarqandiy oʻzining „Tazkirat ush−shuaro“ („Shoirlar boʻstoni“ 1486−1487−yillarda yaratilgan) majmuasida bir qator maʼlumotlarni berib oʻtgan. Biroq ikkala asarda qasida yaratilgan hudud boʻyicha farqli qarashlarni ilgari suradilar.„Tazkirat ush−shuaro“ning „Ajam shoirlari“ sarlavhali birinchi bobida shoir qasidani Hamdulloh Mustafiyning „Tarixi guzida“ („Saylanma tarix“) asarida keltirilgan bir rivoyatdan taʼsirlanib, Hirot atrofidagi Saraxs,Koʻhsor , Bogʻidis hududlarida yaratilgan degan fikrni beradi. Faqatgina Bogʻidis hududi Aruziy Samarqadiy keltirgan maʼlumotlar bilan mushtarakdir. Abdurahman Jomiy „Bahoriston“ning „Sheʼr va shoirlik bobida“ [2]. deb nomlangan yettinchi ravzasida „Buxoro“ qasidasining qayerda va qay vaziyatda yozilganini quyidagicha sharhlaydi: „Baʼzi tarixlarda aytilishicha, Nasr ibn Ahmad Buxorodan Marvdadagi Shoh−Jahon qarorgohiga safar qilgan edi. u yerda uning turish muddati choʻzilib ketdi. Arkoni davlatning xayoli Buxoro , uning qasri va bogʻlarida boʻldi. Rudakiyga katta inʼomlar berib , Nasr ib Ahmadda Buxoroga qaytish hissini uygʻota oladigan bir necha bayt ijod qilib, ud bilan kuylab berishni iltimos qildilar. Bir kuni erta bilan podsho sabuhiy ( tonggi mayxoʻrlik) qilib oʻtirgan paytda qoʻlidagi baytlarni ud ovoziga joʻr qilib kuyladi. “ Qasida tugamay olti bayt tugagan hamono undan taʼsirlangan amir „uy kiyimida va kavshi bilan otga minib“ Buxoro tomon yoʻl oladi.oʻ Biroq Jomiy ushbu maʼlumotlarni qaysi manbadan olganini izohlamaydi. Qasidaning davomi mavjud degan qarashlar yoʻq emas. Davlatshoh Samarqandiy „bu qasida uzundir, hammasini keltirsak kitobga sigʻmas“–deb yozarkan bu fikrni tasdiqlaydi.Biroq shu kungacha uning davomi topilgan emas. Akademik A.Mirzoyev tahriri ostida 1958-yilda Dushanbe shahrida chop etilgan „Osori Rudakiy“ ( "Rudakiy asarlari") toʻplamida qasida yakuni sifatida yangi bayt qoʻshib , asar yetti bayt tarzida eʼlon qilingan. Xuddi shu matn ellik jildli „Axtaroni arab“ („Arablar yulduzlari“) ruknida chop etilgan 1−kitobida ham berib oʻtiladi.

Qasida matni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Boʻyi joʻyi moʻliyon oyad hame,

Yodi yori mehribon oyad hame,

Regi Omuvi durushti rohu oʻ,

Zeri poyam parniyon oyad hame.

Obi Jayhun az nishoti roʻy doʻst.

Hingi moro to miyon oyad hame

Ey, Buxoro , shod boshu der zi,

Mir zi tu shodmon oyat hame

Mir moh astu Buxoro osmon,

Moh soʻi osmon oyat hame.

Mir sarv astu Buxoro boʻston ,

Sarv soʻy boʻston oyad hame.

Ofarinu madh sud oyat hame.

Gar ba ganj andar ziyon oyad hame.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

[3] [4]

  1. Abdulgʻani Mirzayev .Dar atrofi yak qasidayi Rudakiy-„Sezdah maqola“,Dushanbe , „Irfon“,1977,154-160 b.
  2. Abdurahmon Jomiy.Bahoriston.Forsiydan Shoislom Shomuhamedov tarjimasi,Toshkent,1979,62- b.
  3. Safarov, Oxunjon. Buxoroni sharaflagan ilk qasida va uning to'rt tarjimasi haqida.Buxoro adabiy harakatchiligining ayrim manzaralari (o'zbekcha). Buxoro, 2012-yil — 10-18 bet. 
  4. Buxoro mavjlari (1-6 -aprel 2008-yil). Buxoro mavjlari (o'zbekcha). № 3. 12–14-bet. {{cite magazine}}: |qaralgan sana= parametriga qiymat berilganda, |url= parametriga ham qiymat berilishi lozim (yordam); Missing or empty |title= (yordam); sana kiritilishi kerak boʻlgan parametrga berilgan qiymatni tekshirish lozim: |date= (yordam)CS1 maint: unrecognized language ()