Ruby Bentall

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ruby Bentall
Tavalludi 3-aprel 1988-yil (1988-04-03) (36 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2006-hozirgacha
Otasi Paul Bentall
Onasi Janine Duvitski

Ruby Bentall (1988-yil 3-aprelda tugʻilgan) — angliyalik aktrisa. U Lark Rise to Candleford filmida Minnie, Lost in Austenda Mary Bennet hamda 2015-yilgi, Poldark romanlarining, Winston Graham suratga olgan xuddi shu nomli BBC moslashuvida Verity Poldark rollari bilan tanilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bentall Londonning Camden shahrida tugʻilgan. U aktyorlar Janine Duvitski and Paul Bentallning qizidir[1]. U sakkiz yoshida oilasi bilan Richmond tashqarisidagi Petersham shaharchasiga koʻchib oʻtadi. Boʻlakak aktrisa Grey Court maktabida oʻqigan. U 2004—2006-yillar oraligʻida Richmond upon Thames kollejiga tahsil oladi va u yerni BTEC milliy diplomi bilan tugatadi[2].

Bentallning uchta uka-singillari[3] va otasining birinchi nikohidan ikkita katta opa-singillari bor. Hozirda u Londonda yashaydi. Uning singlisi Edith „FOURS“ guruhining solisti[4].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bentallning birinchi professional aktyorlik ishi Holby City epizodi boʻlib, u 2006-yilda Richmond kollejida oʻqiyotganida suratga olingan. Uning boshqa televizion filmlari orasida You Can Choose Your Friends, Doctors, Oliver Twist (2007) hamda New Tricks kabi filmlar mavjud.

U 2008-yilda Lost in Austen miniserialida Mary Bennet rolini oʻynadi, bu Pride and Prejudicening muqaddas Bennetning oʻrtanchi qizini hozirgacha eng qiziqarli talqini sifatida tasvirlangan[5]. 2009-yilda u Minnie rolini oʻynagan Lark Rise to Candleford filmining aktyorlari tarkibiga qoʻshildi[6].

U 2011-yil mart-aprel oylarida Royal Court teatrida Remembrance Day pyessasida Anya rolini va Londondagi Qirollik milliy teatrida Mike Leighning rejissorligi ostida sahnalashtirilgan Grief spektaklidagi Viktoriya rolini ijro etadi. 2014-yil yanvar oyida u Londondagi The Vaults, Vaultloda The Cement Garden filmining sahnalashtirilgan filmida Julie rolini oʻynadi[7].

2014-yil 30-martda Bentall 2015-yilda efirga uzatilgan Poldarkning yangi BBC One versiyasida Ross Poldarkning amakivachchasi Verity rolini oʻynashi eʼlon qilindi[8]. Bentall 2018-yil iyul oyida Holby Cityda mehmon sifatida ishtirok etdi[9].

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmlarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2009 Tormented Emily
2010 Robin Hood Margaret Walterning xizmatkori
2019 The Personal History of David Copperfield Janet
2020 Misbehaviour Sarah
2022 Operation Mincemeat Connie Bukes
TBA Firebrand Cat (ism) Suratga olinmoqda

Televizion rollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2006 Holby City Robyn Dent 1ta epizod
2007 You Can Choose Your Friends Phoebe Snell
Doctors Poppy Foster 1ta epizod
Oliver Twist Charlotte 1ta epizod
2008 New Tricks Heidi 1ta epizod
Lost in Austen Mary Bennet 4ta epizod
2009 The Courageous Heart of Irena Sendler Stefania
The Bill Kim Patterson 2ta epizod
2009-2011 Lark Rise to Candleford Minnie Mude Muntazam serial
2012 The Paradise Pauline Muntazam serial (1-mavsum)
2014 Blandings Linda 1ta epizod
2015-2018 Poldark Verity Poldark
2015 Jekyll and Hyde Hilary „Hils“ Barnstaple 10ta epizod
2017 Absentia Molly / Lolly 1ta epizod
2018 Holby City Cassie Lincombe Epizod: „Two for Joy“
2018 Midsomer Murders Stella Starling Epizod: „Drawing Dead“
2020 Industry Lucinda Young

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. TORMENTED | Official Movie Blog | Emily (Ruby Bentall) (Wayback Machine saytida 28-iyul 2022-yil sanasida arxivlangan) Retrieved on 18 July 2009.
  2. „Performing Arts Profile: Ruby Bentall“. Richmond upon Thames College. 2011-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyul 2009-yil.
  3. Law, Cally. „One foot in two worlds“. The Times (19-iyun 2005-yil). Qaraldi: 18-iyul 2009-yil.
  4. „Sheengate Publishing – Local Lifestyle Magazines in Surrey & SW London“. 2017-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 28-iyul.
  5. Jane Austen Today: Ruby Bentall — A Most Memorable Mary Bennet Retrieved on 18 July 2009.
  6. Singh, Anita. „Lark Rise to Candleford returns with lesson for coping with the recession“. The Daily Telegraph (2-yanvar 2009-yil). Qaraldi: 18-iyul 2009-yil.
  7. BWW News Desk. „Photo Flash: First Look at THE CEMENT GARDEN and 'FEAR AND LOATHING' at VAULT Festival 2014“. BroadwayWorld.com (31-yanvar 2014-yil). — „George Mackay (Jack) and Ruby Bentall (Julie) in The Cement Garden.“. Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.
  8. „Eleanor Tomlinson to star as Demelza in BBC One drama Poldark“. BBC Media Centre (30-mart 2014-yil). Qaraldi: 30-mart 2014-yil.
  9. „BBC One – Holby City, Series 20, Two for Joy – Credits“. BBC Online. Qaraldi: 25-iyul 2018-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]