Rolandas Paksas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rolandas Paksas
Tavalludi 10-iyun 1956-yil
Fuqaroligi Litva
Mukofotlari Uch yulduz ordeniBuyuk Vitautas oltin zanjirli ordeniPolsha Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun katta xochli ordeni

Paksas Rolandas (1956.10.6, Telshyay shahri) — Litva davlat arbobi. Vilnyus qurilish muhandislari instituti (1979), hozirgi Sankt-Peterburg Fuqaro aviatsiyasi akademiyasi (1984)ni tugatgan. Dastlab yoʻriqchi-uchuvchi, keyinchalik Vilnyus shahridagi "Dariyus va Giryunas" uchuvchilar klubi direktori, Koʻngilli milliy mudofaa xizmati boshligʻi boʻlib ishlagan. 1992— 97 yillarda "Restako" qurilish kompaniyasi prezidenti. 1997-yildan Vilnyus shahri kengashi aʼzosi, 1999-yil shahar meri. Shu yili Litva bosh vaziri, Litva Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, Prezidentning maxsus topshiriqlar boʻyicha favqulodda elchisi, 2000-yildan yana Vilnyus shahri meri va Litva seymi deputata. 2000-yil noyabr — 2001-yil iyunda Litva bosh vaziri. 2002-yil martdan yangi tuzilgan Litva liberal-demokratlar partiyasi raisi, 2003-2004 yillarda Litva Respublikasi Prezidenti.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil