Roja Bhoj aeroporti
Roja Bhoj aeroporti | |||
---|---|---|---|
![]() | |||
IATA kodi: BHO – ICAO kodi: VABP | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | Fuqarolik | ||
Egasi | Hindiston aeroportlar boshqarmasi (AAI) | ||
Operator | Hindiston aeroportlar boshqarmasi (AAI) | ||
Xizmat doirasi | Bhopal | ||
Joylashuvi | Gandhi Nagar, Bhopal, Madhya Pradesh | ||
Dengiz sathidan balandligi | 1,719 ft / 524 m | ||
Koordinatalari | 23°17′15″N 077°20′15″E / 23.28750°N 77.33750°E | ||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
ft | m | ||
12/30 | 9,022 | 2,744 | Asfalt |
Maʻlumotlar (Aprel 2022 – Mart 2023) | |||
Yoʻlovchilar soni | 1,135,781 (![]() | ||
Parvozlar soni | 12,350 (![]() | ||
Yuk tashish hajmi | 3,048 (![]() | ||
Manba: AAI[1][2][3] |
Roja Bhoj aeroporti (IATA: BHO, ICAO: VABP) – Hindistonning Madhya-Pradesh shtatining markazi Bhopal shahrida faoliyat koʻrsatuvchi mahalliy va mavsumiy xalqaro aeroport. X asrdagi Paramara qiroli Roja Bhoj sharafiga nomlangan, u Madhya Pradeshdagi yoʻlovchilar soni boʻyicha ikkinchi eng gavjum aeroportdir va hududi boʻyicha shtatning eng yirik aeroporti.
Aeroport Gandhi Nagarda joylashgan. Aeroport Bhopal Junction temir yoʻl stansiyasidan 15 km va shahar janubidagi Habibganj temir yoʻl stansiyasidan 20 km uzoqlikda joylashgan. Aeroport, shuningdek, Bhopalni Indor bilan bogʻlaydigan 46-sonli milliy avtomagistrali va 18-shtat magistralining kesishmasi yaqinida joylashgan. Aeroport oʻzining qulay joylashuvi tufayli texnik xizmat, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlariga ega[4].
Aeroport majmuasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uchish-qoʻnish yoʻlagi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 2,744 metr (9,003 ft) gacha oshirildi. Bu Bhopalga yirik samolyotlarning qoʻnishiga imkon beradi[5]. Bhopaldan birinchi toʻgʻridan toʻgʻri xalqaro reys Jidda shahriga amalga oshirilgan[6].
Yuk tashish va logistika markazi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aeroport yaqinidagi 17 gektar yer maydonida yangi Air Cargo Hub qurish rejalashtirilmoqda. Hozirda eski terminal binosi markaziy aeroportdan yuk tashish uchun markaz sifatida qayta qurilmoqda. Vaqtinchalik Air Cargo majmuasi 2019-yil oktyabrida ochildi[7].
Texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bhopal aeroporti Hindistonda texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlarini oʻrnatish uchun qurilgan sakkizta maydondan biridir. Aeroportning markazda joylashganligi mamlakat uchun iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlaydi[8].
![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/f/f1/Bhopal_Airpost_Inside_%283%29.jpg/220px-Bhopal_Airpost_Inside_%283%29.jpg)
Immigratsiya posti va xalqaro reyslar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![](http://upload.wikimedia.org/wikipedia/commons/thumb/b/b6/Bhopal_airport%2C_showing_multiple_aircrafts_taxiing_.jpg/264px-Bhopal_airport%2C_showing_multiple_aircrafts_taxiing_.jpg)
Sentyabr oyida DGCA tashkiloti Roja Bhoj aeroportiga xalqaro maqom berish jarayonini boshladi[9]. 2019-yil noyabr oyida Hindiston Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi aʼzolaridan iborat komissiya immigratsiya markazlarini ochish masalasida aeroportga tashrif buyurdi[9]. Shuningdek, aeroport immigratsiya nazorat postiga aylandi[9]. Bu esa xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun majburiy talablardan biri hisoblanadi.
Terminallari
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yil 28-iyunda Fuqaro aviatsiyasi vaziri Vayalar Ravi tomonidan qiymati 1,35 milliard rupiy boʻlgan terminal ochildi[10]. Shtat hukumati xalqaro terminal qurish uchun 400 gektar yer maydoni ajratdi.
Terminal binosi 26,936 m² maydonda qurilgan. Terminalda 14 ta roʻyxatdan oʻtish, joʻnab ketish uchun 4 ta immigratsiya posti va kelish uchun 6 ta immigratsiya posti mavjud.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Air India | Dehli, Mumbay |
FlyBig, ![]() |
![]() |
IndiGo | Ahmadobod, Bangalor, Dehli, ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() ![]() |
SpiceJet | Mavsumiy: Jidda[12] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Annexure III – Passenger Data“. aai.aero. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ „Annexure II – Aircraft Movement Data“. aai.aero. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ „Annexure IV – Freight Movement Data“. aai.aero. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
- ↑ „Civil aviation min announces new MRO policy; seeks to attract investments“. Business Standard India. Press Trust of India (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
- ↑ „Direct Haj flight from Bhopal“. Hindustan Times (2010-yil 3-iyun). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
- ↑ „First direct flight from Bhopal to Jeddah from tomorrow“. The Times of India (2010-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
- ↑ „Bhopal to get air cargo services within a month“ (en). Latest Indian news, Top Breaking headlines, Today Headlines, Top Stories at Free Press Journal. Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
- ↑ „Civil aviation min announces new MRO policy; seeks to attract investments“. Business Standard India. Press Trust of India (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 „Immigration facility at Raja Bhoj airport soon“ (en). The Times of India (2019-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
- ↑ „New terminal of Bhopal international airport opened for public“. Daily News & Analysis (2011-yil 28-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
- ↑ „INDIGO 1H23 DOMESTIC ROUTES ADDITION SUMMARY – 05MAR23“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
- ↑ „For Hajj... first flight from Bhopal on 21st May | हज 2024: भोपाल से पहली फ्लाइट 21 मई को - Bhopal News | Dainik Bhaskar“.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Raja Bhoj Airport mavzusiga oid fayllar bor
- Official website