Robert Skov
Robert Skov (dan. Robert Skov) — daniyalik futbolchi „Hoffenheim“ klubi va Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2020-yilgi Yevropa chempionatining yarim finalchisi.
Robert Skov ![]() | |
---|---|
![]() | |
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Robert Skov |
Tugʻilgan | 20-may 1996-yil[1][2](26 yosh) Kopengagen, Daniya[3] |
Fuqaroligi | |
Boʻyi | 183 sm |
Vazni | 79 kg |
Pozitsiyasi | yarim himoyachi |
Hozirgi jamoasi | |
Klub | ![]() |
Raqami | 29 |
![]() |
Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Skov oʻz faoliyatini „Silkeborg“da boshlagan. 2013-yil 16-mayda u Daniya Superligasida „Midtyulland“ga qarshi oʻyinda debyut qildi[4]. Mavsum oxirida jamoa ikkinchi ligaga tushib ketdi, biroq oradan bir yil oʻtib yana birinchi ligaga qaytdi. 2014-yil 19-oktabrda „Midtyulland“ga qarshi kechgan bahsda Skov „Silkeborg“ safida ilk golini urdi[5]. 2018-yil boshida Skov „Kopengagen“ga koʻchib oʻtdi. 10-fevral kuni „Randers“ga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qildi[6]. 25-fevral kuni „Odense“ga qarshi duelda Robert „Kopengagen“ safidagi ilk golini urdi[7]. 4-oktabr kuni Yevropa ligasi doirasida Fransiyaning „Bordo“ klubiga qarshi o‘yinda u gol urdi[8]. Mavsum oxirida Skov klubga chempion boʻlishiga yordam berdi va oʻzi 29 ta gol bilan uning eng yaxshi toʻpurari boʻldi.
2019-yilning yozida Skov Germaniyaning „Hoffenheim“ klubiga oʻtdi. Transfer summasi 10 million yevro deb belgilandi[9]. 18-avgust kuni Frankfurtning „Ayntraxt“ klubiga qarshi oʻyinda u Germaniya Bundesligasida debyut qildi[10]. 1-noyabr kuni „Paderborn 07“ga qarshi oʻyinda Robert „Hoffenheim“ safidagi birinchi golini urdi[11].
Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-yilda Skov Daniya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi. Turnirda u Janubiy Afrika, Braziliya va Nigeriya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[12][13][14]. Afrikaliklarga qarshi kechgan duelda Robert gol urdi.
2019-yil 10-iyun kuni Gruziyaga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash o‘yinida Skov Daniya terma jamoasi safida debyut qildi[15].
2019-yilda Daniya yoshlar terma jamoasi tarkibida Skov Italiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Germaniya, Avstriya va Serbiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[16][17][18]. Nemislarga qarshi kechgan bahsda Robert gol urdi.
Oʻsha yilning 5-sentabr kuni Gibraltarga qarshi 2020-yilgi Yevropa chempionati saralash oʻyinida u milliy terma jamoadagi birinchi golini urgan[19].
Daniya terma jamoasi safidagi gollar (23 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida)[tahrir | manbasini tahrirlash]
№ | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2016-yil 7-avgust | Milliy stadion, Braziliya, Braziliya | ![]() |
1 :0 | 1 :0 | Olimpiya oʻyinlari 2016 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Robert Skov // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
- ↑ Robert Skov // FBref.com (mn.)
- ↑ Worldfootball.net (mn.)
- ↑ „Силькеборг VS. Мидтьюлланн 1:1“ (en). soccerway.com (2013—05—16). Qaraldi: 20-iyul 2016-yil.
- ↑ „Мидтьюлланн VS. Силькеборг 2:1“ (en). soccerway.com (2014—10—19). Qaraldi: 20-iyul 2016-yil.
- ↑ „Копенгаген VS. Раннерс 5:1“ (en). soccerway.com (2018—02—10). Qaraldi: 21-sentyabr 2018-yil.
- ↑ „Копенгаген VS. Оденсе 1:0“ (en). soccerway.com (2018—02—25). Qaraldi: 21-sentyabr 2018-yil.
- ↑ „Бордо VS. Копенгаген 1:2“ (en). soccerway.com (4-oktyabr 2018-yil). 5-oktyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 5-oktyabr 2018-yil.
- ↑ „TSG 1899 Hoffenheim verpflichtet Robert Skov aus Kopenhagen“ (German). Bundesliga. 12-sentyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 14-avgust 2019-yil.
- ↑ „Айнтрахт Франкфурт-на-Майне VS. Хоффенхайм 1:0“ (en). soccerway.com (18-avgust 2019-yil). 8-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
- ↑ „Хоффенхайм VS. Падерборн 07 3:0“ (en). soccerway.com (1-noyabr 2019-yil). 4-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.
- ↑ „Дания (до 23) VS. ЮАР (до 23) 1:0“ (en). soccerway.com (8-avgust 2016-yil). 11-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
- ↑ „Дания (до 23) VS. Бразилия (до 23) 0:4“ (en). soccerway.com (11-avgust 2016-yil). 15-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
- ↑ „Нигерия (до 23) VS. Дания (до 23) 2:0“ (en). soccerway.com (13-avgust 2016-yil). 18-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-avgust 2016-yil.
- ↑ „Дания VS. Грузия 5:1“ (en). soccerway.com (10-iyun 2019-yil). 16-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
- ↑ „Германия (до 21) VS. Дания (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (17-iyun 2019-yil). 22-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
- ↑ „Дания (до 21) VS. Австрия (до 21) 3:1“ (en). soccerway.com (20-iyun 2019-yil). 22-fevral 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
- ↑ „Дания (до 21) VS. Сербия (до 21) 2:0“ (en). soccerway.com (23-iyun 2019-yil). 5-iyul 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2019-yil.
- ↑ „Гибралтар VS. Дания 0:6“ (en). soccerway.com (5-sentyabr 2019-yil). 11-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2-iyun 2020-yil.