Kontent qismiga oʻtish

Rixsi Avazov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rixsi Avazov (1942.10.1, Janubiy Qozogʻiston viloyati, Turbat qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Toshkent davlat teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1965). 1965-yildan Hamza teatrida aktyor. Valish (Azimzoda, „Nasriddinning sarguzashtlari“) A.ning sahnadagi ilk obrazidir. Teatrdagi eng yaxshi rollari: Amirxon (Uygʻun, „Zebu-nisso“), Nodirshoh (Fitrat, „Abulfayzxon“), Abulmalik (Uygʻun, Izzat Sulton, „Alisher Navoiy“), Darvesh Ali (O. Yoqubov, „Bir koshona siri“) va boshqa Shuningdek, „Alisher Navoiy“ (Gʻiyosiddin), „Yulduzli tunlar“ (Ahmad Tanbal) kabi videofilm larda, „Kun va tun“ (Bobur) telespektaklida, „Kasalxona“ (akad. Yoʻldoshev) filmida ham rollar ijro etgan. A. sahnada oʻynagan rollari oʻziga xos kuchli emotsionalligi, yetuk va toʻlaqonli talqin etilganligi bilan ajralib turadi. U har bir yaratgan ob-razining ijtimoiy mohiyatini ochishga, unga mos mimik ifodalar, harakatlar, ohanglar topishga harakat qiladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil