Río Negro
Qiyofa
| Rio negro | |
|---|---|
| Tavsif | |
| Uzunligi | 635 |
| Suv sarfi | 1 014 m³/s |
| Joylashuvi | |
| Davlat | Argentina |
| Río Negro | |
Rio negro (ispancha: Río Negro — qora daryo) — Argentinadagi daryo, Patagoniyaning shim. qismida. And togʻlarining sharqiy yon bagʻridan boshlanuvchi Neuken va Limay daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan. Uzunligi Neuken irmogʻi boshlangan joyidan 1300 km, havzasining maydoni 146 ming km². Patagoniyaning qurgʻoqchil tekisliklaridan oqib oʻtib, Atlantika okeaniga quyiladi. Oʻrtacha suv sarfi 950 m³/sek. Yoz boshlarida toshadi. Ayrim qismlarida kema katnaydi. GES, suv omborlari qurilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |