Registon (Qarshi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Registon maydoni

Registon maydoni hozirgi ko‘rinishi (chapda Odina masjidi, o‘ngda Bekmir madrasasi)
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Odina bog'i
Manzili Eski shahar
Shahar Qarshi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston

Registon — Qarshi qal’asining markaziy maydoni hisoblangan. Hozirgi kunda joylashuvi Qarshi shahri Eski shahar qismi Odina bogʻiga toʻgʻri keladi. Registon sharqiy tarafdan Shermuhammad madrasasi, gʻarbiy tarafdan Odina masjidi, janubiy tarafdan Ali madrasasi, janubiy-sharqiy tarafdan Sardoba gumbazi qurshab turgan[1][2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amir Temur Qarshidа mustahkam qal’a va uning ichkarisida Odina jomeʼ masjidi, Chorsu tijorat majmuasi va Amir hаmmomi kаbi inshootlar qurdirib, Registon mаydoniga аsos solgan. XVI аsrda Abdullaxon II Registon mаydonida mаdrasa va sаrdoba bunyod ettirgаn. Shu bilаn Registon mаydoni shakllаnishi poyonigа yetgаn. Registon аtrofida Abdullаxon, Oliy, Shermuhammаd, Nur, Choriboy, Saidqulboy kabi mаdrasalаri shuningdek, Chorsu, Sаrdoba, Amir hаmmomi joylаshgan edi. Shoʻrolar davrida Qаrshidagi tarixiy obidаlar, shu jumlаdan, Registon mаydoni hаm yoʻq qilib yuborildi. Koʻplаb masjid va mаdrasаlar buzib tashlаndi[2].

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qarshi registoni niqoyatda orasta tutiladigan, shimoli-gʻarbdan janubi-sharq sariga 70 m uzunlikda va 50 m kenglikda boʻlgan chiroyli maydon edi. Bir tekis tosh terib chiqilgan registonni mayda doʻkonchalar, ikkita karvonsaroy (shaharda ular soni 6 ta boʻlgan), bir necha madrasalar qurshab turgan. Registon maydoni markazida „qoʻsh“ (juftlik) meʼmorchilik majmualari, Odina masjidi va Abdullaxon madrasalari mahobat bilan turardi. Registonning gʻarbiy qutbida qad rostlagan Odina masjidi tashqi jihatdan bezatilmagan boʻlib, 50 x 40 metr kattalikdagi toʻgʻri burchakli shaklga ega edi. Burchak va oraliqlarga guldasta uslubida sayqal berilgan edi. Qadimshunos olimalarning eʼtiroficha, ichki hovliga olib kiruvchi eshiklarga tutash qurilgan tashqi qasr meʼmoriy jihatdan mumtozlik kasb etgan. Eshikdagi zulfin kattakon baliq shaklida yasalgan va kalit uchun oʻyiq joy qoldirilgan[1].

Misgarlik koʻchasidan Registon maydoniga chiqilganda Chorsuning baland gumbazi butun mahobati bilan koʻzga tashlanardi. Chorsuning qadimiy imorati balandligi 25 metrga yetardi, uning toʻrttala tarafida ochiq kirar joylar boʻlib, vaqtida ulardan boshlanuvchi toʻrt yoʻl toʻgʻridan-toʻgʻri qal’aning toʻrt darvozasiga eltardi. Keyingi asrlarda turli sabablarga koʻra Chorsu va darvozalarni bogʻlovchi yoʻllar avvalgi uygʻunligini bir qadar yoʻqotadi va qingʻir-qiyshiqroq tus oladi[1].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647 bet. ISBN 5-633-01899-0.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 589—590-betlar
  2. 2,0 2,1 „Registon maydoni tarixiga nazar“.