Ravshan Jomonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ravshan Oripovich Jomonov
Tavalludi 1-mart 1960-yil (1960-03-01) (64 yosh)
Narpay tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi filolog
Sohasi filologiya, tilshunoslik, lugʻatshunoslik
Taʼlimi Toshkent davlat universiteti
Ilmiy darajasi filologiya fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor

Ravshan Oripovich Jomonov (1960-yil 1-mart, Narpay tumani, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, filologiya fanlari nomzodi (1991), professor.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan Jomonov 1960-yil 1-mart Narpay tumanidagi Bolgʻali qishlogʻida tugʻilgan[1]. 1978—1984-yillarda Toshkent davlat universiteti roman-german filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1984—1991-yillarda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti xodimi, 1991—2012-yillarda Toshkent davlat madaniyat instituti katta o‘qituvchisi, dotsent, „O‘zbek va xorijiy filologiya“ kafedrasi mudiri hamda 1992—2008-yillarda mazkur institutning ilmiy kengashi kotibi, 2012—2015-yillarda O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti „Tillar va adabiyot“ kafedrasi mudiri, dotsenti vazifasida ishlagan. Shuningdek, 1994—2005-yillarda „О‘zbekiston“ telekanalida „Alifbo saboqlari“ kо‘rsatuvining boshlovchisi boʻlgan. 2015-yildan O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi „O‘zbek tili va adabiyoti“ kafedrasi professori[1].

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oilali, 2 nafar farzandi bor.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ravshan Jomonov 1991-yilda ruscha: „Принципы отбора диалектизмов и их подача в толковом словаре узбекского языка“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib, filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. 1996-yilda o‘zbek tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvoni berilgan[1]. 200 dan ortiq ilmiy maqolalar va „О‘zlashgan sо‘zlar imlo lug‘ati“ (1998), „Yangi о‘zbek alifbosi va imlo qoidalari“ (2003), „Ona tili — davlat tili“ (2004), „ Sо‘z va mas’uliyat“ (2010), „X mi H? (qisqacha imlo lugʻati)“ (2010), „О‘zbek tilida sо‘z о‘zlashtirish va imlo muammolari“ (2013), „X va H harfli sо‘zlar imlo lug‘ati“ (2015), „Uch ne’mat sohibi“ (2018), „О‘zbekcha-fransuzcha, fransuzcha-о‘zbekcha anatomik terminlar lug‘ati“ (2020), „О‘zbek raqs terminlarining izohli lug‘ati“ (2021) kitoblari muallifi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342 bet. 

Andoza:OʻTOE