Rauf Yumakulov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rauf Yumakulov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Rauf Yumakulov Abdullaevich
Tavallud sanasi 1945-yil, 15-noyabr
Tavallud joyi Boku, Ozarbayjon SSR
Vafot sanasi 2005-yil, 23-avgust
Vafot joyi Boku, Ozarbayjon
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1964—1965 Chernomorets
1966—1967 Ararat
1968—1970 Zenit (Leningrad)
1971 Neftchi Boku
1972 Dinamo (Leningrad)
1973 Yangiyer
1974—1975 Kirovets
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Rauf Abdullayevich Yumakulov (1945-yil 15-noyabr, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR – 2005-yil 23-avgust, Boku,Ozarbayjon) – sovet futbolchisi, himoyachi va murabbiy. SSSR sport ustasi (1967). Futbolchi Boris Yumakulovning akasi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rauf Abdullayevich Yumakulov 1945-yil 15-noyabrda Boku shahrida tugʻilgan. Boku futbol klubi bitiruvchisi, Qizil bayroq ordenli Kaspiy flotiliyasi sport klubi (1956—1958), Bokuning „Spartak“ (1959—1960, murabbiy K. P. Kuznetsov), Ozarbayjon maktab oʻquvchilari jamoasida (1961—1963) oʻynagan[1].

Murabbiy Artyom Falyandan qoʻl ostida Yerevaning „Ararat“ (1964—1965), „Sement Novorossiysk“ (1966—1967) klublarida toʻp surgan. Shundan soʻng u bir muncha vaqt quyi liganing turli klublarida oʻynadi, keyin esa Leningrad chempionatida oʻynay boshladi. 1968-yilda Zenit (Leningrad)ga koʻchib oʻtgan. Rauf Abdullayevich Yumakulov Zenit tarkibida uch mavsum oʻyanagan. Chempionatda 60 oʻyin oʻtkazgan va birorta gol urolmagan. Artyom Falyana isteʼfoga chiqarilganidan soʻng Rauf Yumakulov ham jamoani tark etgan[2]. Keyinchalik 1971-yilgi mavsumda Bokuning Neftchi Boku jamoasi safida 11 ta oʻyinda maydonga tushgan. 1972-yilda, „Dinamo Leningrad“ jamoasi safida harakat qilgan. Mavsum davomida 20 ta oʻyinda maydonga tushgan. Rauf Yumakulov 1973-yildan SSSR chempionatining Markaziy Osiyo zonasi B toifasida oʻynovchi Yangiyer jamoasi safiga qoʻshilgan va 1973-yilgi mavsumni shu jamoada yakunlagan. Futbolchilik faoliyatidagi oxirgi jamoa „Kirovets“ kubi boʻldi. Finlyandiyada biroz vaqt ayollar futbol jamoalariga murabbiylik qildi. Keyinchalik „Avrora“ (1989—1991) va Zenit futbol klublarining yoshlar jamoasiga (1995—1996) murabbiy qildi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ю. Лукосяк. «Кто есть кто в петербургском футболе», 2011, с. 183
  2. «Наш „Зенит“», № 639, с. 7
  3. „Семейные кланы «Зенита». Рауф и Борис Юмакуловы“. www.sports.ru. Qaraldi: 20-sentabr 2023-yil.