Rasul Hodizoda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rasul Hodizoda
Tavalludi 6-mart, 1928-yil
Vafoti 4-aprel, 2010-yil
Dushanbe shahri, Tojikiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRTojikiston bayrogʻi Tojikiston

Rasul Hodizoda (1928-yil 6-mart, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR – 2010-yil 4-aprel, Dushanbe shahri, Tojikiston) – adabiyotshunos, yozuvchi, tarjimon. U Tojikiston SSR yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, filologiya fanlari doktori, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasul Hodizoda 1928-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston SSRga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. U 1940-yilda Samarqand davlat pedagogika institutini tamomlaydi[1]. 1944-yilda Samarqand davlat universitetini tamomlaydi. 1950-yilda esa Oʻzbekiston davlat universitetining sharqshunoslik fakultetini muvaffaqiyatli bitiradi.

Rasul Hodizoda 1945-yildan 1950-yilgacha Tojikiston davlat radio qoʻmitasida kotib hamda muharrir sifatida faoliyatini boshlaydi. U 1950-yildan 1954-yilgacha „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida adabiyot va madaniyat boʻlimi mudiri lavozmida ishladi. Rasul Hodizoda 1990-yildan 1953-yilgacha Tojikiston davlat universitetining aspirantura taʼlim bosqichida tahsil oldi. 1954-yilda „19-asrning 2-yarmida tojik adabiyotining rivojlanishi“ mavzusida dissertatsiyasini himoya qildi. U 1967-yil Tojikiston fanlar akademiyasida katta ilmiy xodim sifatida ishladi.

Rasul Hodizoda 2010-yil 4-aprelda Tojikiston Respublikasidagi Dushanbe shahrida vafot etadi[2].

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1954-yilda „19-asrning ikkinchi yarmida tojik adabiyotining rivojlanish bosqichlari“
  • 1956-yilda „19-asrning ikkinchi yarmida tojik adabiyotining tarixiy manbalari“
  • 1976-yilda „Ahmad Donish ijodiyotining ahamiyati“
  • „17-19-asrlarda tojik va fors adabiyotining oʻxshashliklari“
  • 1966-yil „Kalila va Dimna“ asarini tojik tiliga tarjima qildi.
  • 1984-yilda „Rudakiy va uning zamondoshlari“
  • 1980-yilda „Lochinning parvozi“ asarini yozib tugatdi
  • 1983-yilda „Kechadagi yulduz“ romanini chop etdi[3].
  • 2004-yil „Samarqandnoma“ asarini yozib tugatdi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasul Hodizoda 1991-yilda „Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ mukofoti sohibiga aylandi. 1999-yil „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlandi. Rasul Hodizoda 1991-yilda „Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ mukofoti sohibiga aylandi. 1999-yil „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlandi. Rasul Hodizoda 1991-yilda „Tojikiston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ mukofoti sohibiga aylandi. 1999-yil „Shon-sharaf“ ordeni bilan mukofotlandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]