Kontent qismiga oʻtish

Rajab Hayitov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rajab Hayitov
Tavalludi 1932-yil 15-mart
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani
Institutlar Termiz pedagogika bilim yurti, Toshkent davlat universiteti
Ilmiy unvoni huquqshunoslik fanlar nomzodi
Mukofotlari “V.I.Lenin tug’ilgan kunining 100 yilligi” (1970), “1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan urushining 30 yillik g’alabasi “ (1975)

Rajab Hayitov (1932-yil 15-mart Jarqo’rg’on) – pedagog, “V.I.Lenin tug’ilgan kunining 100 yilligi”, “1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan urushining 30 yillik g’alabasi “ medallariga sazovor bo'lgan olim.

Rajab Hayitov – 1932-yilning 15-mart kuni Surxondaryo viloyatidagi Jarqo’rg’on tumanida (hozirgi Angor) tavallud topgan. 1948-yilda “Qizil Yulduz” qishlog’ining Lomonosov nomidagi maktabning 7-sinfini tugatdi. Shundan so’ng, Termiz pedagogika bilim yurtiga o’qishga qabul qilingan va uni boshlang’ich sinflar o’qituvchisi diplomi bilan bitirdi.

Ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rajab Hayitov mehnat faoliyatini urush yillaridan boshlaydi. Bu paytda R.Hayitov 14 yoshda edi. Dastlab, “Qizil Yulduz” qishlog’ida oddiy kolxozchi, so’ngra paxta brigadasida tabelchi sifatida faoliyat olib bordi. 1948-yil “1941-1945-yillarda Ulug’ Vatan urushida shavkatli mehnati uchun” medaliga sazovor bo’ldi. Rajab Hayitovning keying faoliyati ham qishloq xo’jaligi bilan bog’liq bo’ldi. Paxta kompaniyasi aktiv ishtirok etganligi uchun O’zbekiston SSR Oliy Sovetining faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi. 1952-yili Rajab Hayitov Toshkent Davlat Universitetining huquqshunoslik fakultetiga o’qishga qabul qilindi. To’rt yildan so’ng, universitetni a’lo diplom bilan tugatdi. Talabalik davrida o’zi o’qiyotgan kursning Komsomol byurosi sekretari hamda shu kursning kasaba kotibi sifatida faoliyat yuritgan. Institutning ikkinchi kursida o’qib yurgan paytida partiya a’zoligiga qabul qilinadi. Faol mehnatlari uchun komsomollik davrida O’zbekiston Lenin komsomoli faxriy yorlig’i bilan mukofotlandi. Rajab Hayitovga partiya Angor tumanining lektor maslahatchisi vazifasini topshirdi. 1952-yil Toshkent qishloq xo’jaligi institutining arxealogiya fakultetiga sirtdan ta’lim olishni boshladi. 1962-yil Yangi yerlarni o’zlashtirish chaqirig’i sababli Rajab Hayitov Gagarin tumanidagi “Komsolobod”ga keldi. Bu yerda agronom sifatida faoliyat olib bordi. Keyinchalik tashkil etilgan qishloq xo’jaligi mexanizatsiyalashgan texnikumida o’qituvchi bo’lib ishladi. 1967-yili Denov tumani xalq sudyasi qilib saylandi. Sariosiyo keyinchalik esa Denov sud raisi sifatida saylandi. Shundan so’ng esa advokat bo’lib ishlay boshladi.

1970-yilda “V.I.Lenin tug’ilgan kunining 100 yilligi” medali bilan mukofotlandi. 1975-yilda esa, “1941-1945-yillardagi Ulug’ Vatan urushining 30 yillik g’alabasi “ medaliga sazovor bo’ldi.

Ijod faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1973-yilda O’zbekiston Fanlar akademiyasining filosofiya va huquq institutining sirtqi aspiranturasiga kiradi hamda 1977-yilda o’qishni tamomlaydi. O’zbekiston o’rmon xo’jaligini boshqarish masalalari va O’zbekiston o’rmon xo’jaligini saqlashga oid 10 dan ortiq ilmiy asarlarni bosmadan chiqazadi. 1980-yilda “O’zbekiston qishloq xo’jaligi” jurnalida, “Tog’ o’rmonlarini asrash” nomli maqolasi bosib chiqariladi. 1981-yilning yanvar oyida tabiatni qo’riqlash huquqi mavzusida disertatsiya yo’qlab, huquqshunoslik fanlar nomzodi unvoniga sazovor bo’lgan[1].

  1. Qodirov, Bekmurod. Surxondaryo olimlari. Toshkent - "Mehnat" — 309-310 bet.