Rahmon Muhammadiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadiev Rahmon Omonovich
 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati
Mansab davri
2000-2005 yillar
Prezident Islom Karimov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-may 1946-yil (1946-05-14) (77 yosh)
Denov tumani, Denov tumani, OʻzSSR, SSSR
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi
Kasbi Shifokor
Maʼlumoti Oliy
Mukofotlari Oʻzbekiston qahramoni

Rahmon Omonovich Muhammadiyev (1946.14.5, Denov tumani, Chagʻon qishlogʻi) – koʻz kasalliklari mutaxassisi, Oʻzbekiston Qahramoni (2001). Tibbiyot fanlari nomzodi (1974). SamTIni tugatgan (1969), shu institut koʻz kasalliklari klinikasida ordinator (1969–71), Burdenko nomidagi neyroxirurgiya institutida aspirant (1971–74). Samarqand shahri, keyinchalik Surxondaryo viloyat koʻz kasalliklari klinikasida turli lavozimlarda ishlagan (1974–81). Afgʻonistonda xizmat qilgan (1981–83). 1984-85 yillar Denov tumani, 1986-yildan Surxondaryo viloyati koʻz kasalliklari kasalxonasi bosh vrachi. Ilmiy ishlari koʻz kasalliklari xirurgiyasiga oid. 2-chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi deputati.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil