Kontent qismiga oʻtish

Rahimboy Rahimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rahimboy Otajonovich Rahimov
Tavalludi 20-iyun 1965-yil (1965-06-20) (59 yosh)
Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi muhandis-quruvchi
Sohasi arxitektura
Taʼlimi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Rahimboy Otajonovich Rahimov (1965-yil 20-iyun. Xiva, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori (2008), professor (2009).

Rahimboy Rahimov 1965-yil 20-iyun Xiva shahrida tugʻilgan[1]. 1982—1989 yillarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini muxandis-quruvchi mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 1983—1985-yillarda harbiy xizmatda boʻlgan. 1989—1995-yillarda Urganch qurilish texnikumi oʻqituvchisi, 1995—1999-yillarda Urganch davlat universiteti katta oʻqituvchisi, 2003—2009-yillarda Urganch davlat universiteti dotsenti vazifasida ishlagan. 2009-yildan Urganch davlat universiteti professori[2].

Oilali. Uch oʻgʻil, bitta qizi bor.

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rahimboy Rahimov 1999-yilda nomzodlik ishini, 2008-yilda ruscha: „Физико-химические основы автоклавной технологии силикатных материалов с улучшенными эксплуатационными свойствами“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 180 ta ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta monografiya, 8 ta darslik, 6 ta oʻquv metodik qoʻllanma, 2 ta ixtiro muallifi. Rossiya tabiiy fanlar akademiyasi akademigi[1][2].