Rahim Hoshim
Rahim Hoshim | |
---|---|
Tavalludi |
5-oktyabr, 1908-yil Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
24-oktyabr, 1993-yil Dushanbe, Tojikiston |
Fuqaroligi | Rossiya → SSSR→ Tojikiston |
Rahim Hoshim (1908-yil 5-oktyabr, Samarqand viloyati, Rossiya imperiyasi – 1993-yil 24-oktyabr, Dushanbe, Tojikiston) – tojik adabiyotshunosi, tilshunos, tarjimon, yozuvchi. U filologiya fanlari nomzodi, Tojikiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, Tojikistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, „Sadriddin Ayniy“ mukofoti sovrindori[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rahim Hoshim 1908-yil 5-oktyabr kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan Samarqand viloyatida tugʻilgan. 1916-yil boshlangʻich taʼlimni yangi usul maktabida oladi. 1917-yil Sadriddin Ayniy tashkil qilgan maktabda oʻqigan. Rahim Hoshim 1918-yil rus maktabida tahsilini davom ettirgan. 1920-yildan 1925-yilgacha „Zarafshon“, „Maorif“ va „Bilim peshvosi“ gazetalarida adabiy xodim sifatida ishlagan. 1925-yildan 1930-yilgacha „Zarafshon“ gazetasida masʼul kotib lavozimida faoliyat yuritgan. Rahim Hoshim 1930-yilTojikiston SSRga koʻchib oʻtgan. 1933-yildan 1934-yilgacha Tojikiston yozuvchilar uyushmasida kotib lavozimida ishladi. Rahim Hoshim 1934-yili Moskva shahrida boʻlib oʻtgan Sovet ittifoqi yozuvchilarining qurultoyida ishtirok etgan. Rahim Hoshim 1944-yildan 1954-yilgacha Sibirga surgun qilingan. 1955-yilTojikiston SSRga qaytib, Tojikiston Fanlar akademiyasining Rudakiy nomidagi Tojikiston davlat til va adabiyot institutida ilmiy xodim lavozimida faoliyat yuritdi. Uning ilmiy yoʻnalishdagi maqolalari 1928-yildan boshlab Samarqandda chop etiladigan „Bilim peshvosi“ gazetasida nashr etiladi. Rahim Hoshim 1985-yil nashr qilingan „Tojikcha-ruscha“ lugʻatni tuzishda ilmiy jamoaga rahbarlik qilgan. Uning 1969-yili „Tojik xalqi madaniyati“ nomli kitobi chop etiladi[2]. 1929-yilda „Tojikcha alifbo“ darsligini birinchilardan boʻlib ishlab chiqqan. Rahim Hoshim 1993-yil 24-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasiga qarashli boʻlgan Dushanbe shahrida vafot etgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Раҳим Ҳошим: адабиётшинос, адиб ва тарҷумони маъруф“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.
- ↑ „Kitobxonai makoniy“. Qaraldi: 16-sentabr 2023-yil.