Raúl Jiménez

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Raúl Alonso Jiménez Rodríguez (talaffuzi: Raul Alonso Ximenes Rodriges; 1991-yil 5-mayda Meksikaning Tepeji del Rio-de-Okampo shahrida tugʻilgan) — meksikalik futbolchi. „Wolverhampton“ futbol klubi va Meksika terma jamoasi hujumchisi. 2012, 2014, 2018 va 2022-yillardagi jahon chempionatlari ishtirokchisi.

Raúl Jiménez
Raúl Jiménez.jpg
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Raúl Alonso Jiménez Rodríguez
Tavallud sanasi 5-may 1991-yil (1991-05-05) (32 yosh)
Tavallud joyi Tepeji, Hidalgo, Meksika
Boʻyi 1.88 m
Ampluasi himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Wolverhampton Wanderers
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2008—2011 América
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011—2014 América 96 (36)
2014—2015 Atlético Madrid 21 (1)
2015—2019 Benfica 80 (18)
2018—2019Wolverhampton Wanderers (ijara) 38 (13)
2019— Wolverhampton Wanderers 85 (27)
Milliy terma jamoa
2012 Meksika U23 12 (1)
2013— Meksika 98 (29)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-avgust 2022-yil uchun)

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Raúl Jiménez Meksika yoshlar terma jamoasi tarkibida Fransiyaning Tulon shahrida boʻlib oʻtgan futbol turniriga borgan. Shuningdek, Gollandiya terma jamoasiga qarshi oʻyinda gol urgan va meksikaliklarga gʻalaba qozonish imkonini bergan. Turnirda Raúl Jiménez barcha 5 uchrashuvda ishtirok etgan.

2012-yil 20-iyunda Raúl Jiménez terma jamoaning Londonda boʻlib oʻtadigan yozgi Olimpiada oʻyinlari tarkibiga kiritilgan[1]. Raúl Jiménez Janubiy Koreyaga qarshi guruh bosqichining birinchi oʻyinida debyut qilgan[2].

2013-yil 31-yanvarda Daniyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Raúl Jiménez Meksika terma jamoasida debyut qilgan va ikkinchi boʻlimda Aldo de Nigris oʻrniga maydonga tushgan[3].

2013-yilda terma jamoa tarkibida Raúl Jiménez Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[4][5]. Braziliyadagi turnirda u Braziliya, Italiya va Yaponiya bilan guruh bosqichida uchta oʻyinda maydonga tushgan[6].

Oʻsha yili Raúl Jiménez CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[7]. Turnirda Raúl Jiménez barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan hamda Kanada va Trinidad va Tobagoga qarshi bahslarda gol urgan[8].

Turnirda u Braziliyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan.

2015-yilning yozida Raúl Jiménez Chilida boʻlib oʻtadigan Amerika kubogi tarkibiga kiritilgan[9][10]. Turnirda u Boliviya, Chili va Ekvador terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[11]. Chililiklar va ekvadorliklarga qarshi bahslarda Raúl Jiménez bittadan gol urgan.

2016-yilda Raúl Jiménez AQShda ikkinchi marta Amerika kubogida ishtirok etgan[12][13]. Turnirda u Urugvay, Yamayka va Chili jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[14].

2017-yilda Raúl Jiménez Rossiyada boʻlib oʻtgan Konfederatsiyalar kubogida ishtirok etgan[15][16]. Turnirda u Yangi Zelandiya, Germaniya va Portugaliya bilan ikki marta oʻynagan[17]. Yangi zelandiyaliklarga qarshi bahsda Raúl Jiménez gol urgan[18].

2018-yilda Raúl Jiménez Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan[19]. Turnirda u Germaniya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[20].

2019-yilning yozida u CONCACAF oltin kubogi uchun terma jamoaga chaqirilgan edi. Guruh bosqichida Kuba terma jamoasiga qarshi o‘tkazilgan birinchi o‘yinda u 31 va 64-daqiqalarda ikkita gol urgan va jamoasi bilan birgalikda g‘alaba qozongan. Guruh bosqichida Martinikaga qarshi o‘tkazilgan uchinchi o‘yinda u 61-daqiqada gol urgan. Chorak finalda Kosta-Rikaga qarshi o‘yinda u o‘yinning 44-daqiqasida gol urgan va natijada jamoa g‘alaba qozongan.


Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
C. AméricaMeksika bayrogʻi Meksika 2011—2012 18 2 18 2
2012—2013 39 14 5 0 44 14
2013—2014 35 16 2 2 37 18
2014—2015 4 4 4 4
Jami 96 36 5 0 2 2 103 38
Atlético de MadridIspaniya bayrogʻi Ispaniya 2014—2015 21 1 6 0 1 0 28 1
Jami 21 1 6 0 1 0 28 1
S. L. BenficaPortugaliya bayrogʻi Portugaliya 2015—2016 28 5 7 4 10 3 45 12
2016—2017 19 7 7 3 6 1 32 11
2017—2018 33 6 5 2 5 0 43 8
Jami 80 18 19 9 21 4 120 31
Wolverhampton F. C.Angliya bayrogʻi Angliya 2018—2019 38 13 6 4 44 17
2019—2020 38 17 2 0 15 10 55 27
2020—2021 10 4 1 0 11 4
2021—2022 34 6 2 0 36 6
2022—2023 3 0 1 1 4 1
Jami 123 40 11 5 15 10 150 55
Umumiy faoliyatida 320 95 41 14 39 16 401 125

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Convocatoria de la Selección Mexicana para Juegos Olimpicos“Andoza:Недоступная ссылка. (In Spanish) Mi Seleccion. Retrieved June 20, 2012.
  2. „Mexico earn South Korea stalemate“. BBC Sport (British Broadcasting Corporation). Retrieved 26 July 2012.
  3. Meksika VS. Daniya 1:1
  4. „Мексика VS. Италия 1:2“ (en). soccerway.com (16-iyun 2013-yil).
  5. „Бразилия VS. Мекисика 2:0“ (en). soccerway.com (19-iyun 2013-yil).
  6. „Япония VS. Мексика 1:2“ (en). soccerway.com (22-iyun 2013-yil).
  7. „Мексика VS. Канада 2:0“ (en). soccerway.com (12-iyul 2013-yil).
  8. „Мексика VS. Тринидад и Тобаго 1:0“ (en). soccerway.com (21-iyul 2013-yil).
  9. „Мексика VS. Боливия 0:0“ (en). soccerway.com (2015—06—13).
  10. „Мексика VS. Эквадор 1:2“ (en). soccerway.com (2015—06—19).
  11. „Чили VS. Мексика 3:3“ (en). soccerway.com (2015—06—16).
  12. „Мексика VS. Уругвай 3:1“ (en). soccerway.com (6-iyun 2016-yil).
  13. „Мексика VS. Ямайка 2:0“ (en). soccerway.com (10-iyun 2016-yil).
  14. „Мексика VS. Чили 0:7“ (en). soccerway.com (19-iyun 2016-yil).
  15. „Мексика VS. Россия 2:1“ (en). soccerway.com (21-iyun 2017-yil).
  16. „Португалия VS. Мексика 2:1“ (en). soccerway.com (2-iyul 2017-yil).
  17. „Германия VS. Мексика 4:1“ (en). soccerway.com (29-iyun 2017-yil).
  18. „Португалия VS. Мексика 2:2“ (en). soccerway.com (18-iyun 2017-yil).
  19. „Германия VS. Мексика 0:1“ (en). soccerway.com (17-iyun 2018-yil).
  20. „Бразилия VS. Мексика 2:0“ (en). soccerway.com (2-iyul 2018-yil).