Qurbonkoʻl

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Qurbonkoʻl (Koʻkkoʻl) — Qirgʻiziston Respublikasi Botken viloyati shim. va Oʻzbekiston Respublikasi chegarasidagi oqar koʻl. Fargʻona vodiysida, Koʻksuv daryosida joylashgan. Shim.dan jan.ga choʻzilgan. Togʻ qulashidan hosil boʻlgan. Oʻrtacha balandligi 1738 m. Suv yigʻish maydoni 129,5 km², koʻlning maydoni 1,4 km², uz. 866 m, oʻrtacha eni 162 m, eng katta kengligi 255 m. Oʻrtacha chuq. 8,6 m, eng chuqur joyi 13,4 m. Suvi yaxshi ichimlik sifatiga ega. Qishda qirgʻoqqa yaqin joylari muzlaydi.